Тавҳид форуми
savol? - Printable Version

+- Тавҳид форуми (https://tavhid.com/forum)
+-- Forum: Умумий бўлим (https://tavhid.com/forum/forumdisplay.php?fid=5)
+--- Forum: Модераторлар учун (https://tavhid.com/forum/forumdisplay.php?fid=41)
+--- Thread: savol? (/showthread.php?tid=2962)



savol? - ali.nazirov.88 - 01-16-2015

Assalamu alaykum hurmatli admin. Meni sizlarga bir savolim bor edi. Alloh yaxshilik bilan sizlarni mukofatlasin. Meni yoshim 27 da. Men asli O'zbekistondanman va hozir Rossiyadaman. Mening diniy ilmim yo'q. Menga bir birodarimizni aytishicha, agar meni ilm olishimga ota-onam qarshi bo'lsa ham men ilm olishim kerak ekan. Ilm olishni esa hohlayman. Lekin mening oila a'zolarim mening iml olishimga qarshi. Hattoki namoz o'qishimga ham qarshi bo'lishgan. Oilamizda yoshi katta buvimizdan boshqa hech kim namoz o'qimaydi. Qolgan amallarni aytmasam ham bo'laveradi. Bizni yurtimizdagi holat esa dindor insonlar uchun anchagina tang. Balki sizlarga ma'lumdir. Men agar o'z yurtimga qaytmay, ota - onam qarshi bo'lsa ham ilm olishga borishim to'gri bo'ladimi? Shu savolimga javob bersalaring iltimos. Javob mening uchun juda muhim. Hurmatli Admin. Savolni men o'z holatimdan kelib chiqib berganim uchun, javobni ushbu elektron manzilga jo'natishingizni so'rab qolardim.([email protected]). Oldindan minnaddorchilik bildirib, hurmat bilan Ali. Assalamu alaykum.