Тасбиҳнинг ҳукми - Printable Version +- Тавҳид форуми (https://tavhid.com/forum) +-- Forum: Умумий бўлим (https://tavhid.com/forum/forumdisplay.php?fid=5) +--- Forum: Турли мавзулар (https://tavhid.com/forum/forumdisplay.php?fid=26) +--- Thread: Тасбиҳнинг ҳукми (/showthread.php?tid=878) |
Тасбиҳнинг ҳукми - mastura - 10-13-2011 Masbaha (tasbih)ning hukmi Muallif: Shayx Nosiruddin Al-Alboniy rahimahulloh Shaix Muhammad Nosiruddin Al-Alboniy rahimahulloh o'zlarining "Silsilatus Da'ifah" kitoblarida "Subha (tasbih) qanday ham (Allohni) yahshi eslatguvchi " degan mavzu (to'qima) hadisga qilgan taxrijlarida shunday deganlar: " …so'ngra mening fikrimcha, hadis (nafaqat isnod jihatidan mavzu bo'lib qolmasdan) ma'no jihatidan ham ikkita sababga ko'ra botildur: Birinchidan: Tasbih – bid'atdur, chunki bu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida bo'lmagan va ulardan so'ng paydo bo'lgan narsadur. Shunday ekan, qanday qilib Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ashoblariga ular bilmagan (ya'ni o'zlaring davrlarida bo'lmagan) narsaga amal qilishlikka targ'ib qiladilar?! Men zikr qilgan narsaga Ibn Baddohning " Bid'at va undan qaytarishlik " maqolalaridagi As-Salt ibn Bahromdan bo'lgan rivoyat dalil bo'ladi. Unda (Ibn Bahrom) shunday deydilar: " Bir kun Ibn Masud radiyallahu anhu masbaha (tasbih) bilan zikr qilayotgan ayolning oldidan o'tdilar va uni (ibn Masud) uzib tashlab, uni otib yubordilar, undan so'ng toshlar bilan tasbih qilayotgan kimsa oldidan o'tganlarida, u kimsani tepdilarda, unga qarab: " Sizlar o'zingizni Sahobalardan yaxshiroqman deb o'ylaysizlarmi, yo (o'zingizning nafsingizga bu gunohni qilib) zulm qilgan holda bid'at qilmoqdasizlarmi?! Sizlar Muhammad sallallohu alayhi va sallamning ashoblaridan ilmingiz ortiq deb o'ylaysizlarmi! ", dedilar. Bu asarning sanadi Al-Salt ibn Bahromgacha sahihdur, u (Al-Salt) tobe-tobeinlardan bo'lib, siqoh (ishonchli roviy) durlar. Ikkinchidan, bu (tasbih) Payg'ambarimiz sallollohu alayhi va sallamning yo'llari (Sunnatlari)ga teskaridur, chunki Abdulloh ibn A'mr radiyallahu anhu shunday deganlar: "Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni o'ng qo'llari bilan tasbih sanayotganlarini ko'rdim." [Imom Muslim rivoyati]. Ular (o'sha bid'atga unovchilar)ning ittifoqi bilan zikrni o'ng qo'l barmoqlari bilan sanashlikni afzalligini nazarda tutgan holda (ya'ni ular ham barmoqlar bilan sanashlikni afzalligini tasdiqlashadi, chunki u hadisda sobit narsa), agar tasbihning faqatgina bitta yo'monligi bo'lib, u ham bo'lsa uni (o'sha Sunnatni) yo'qolishligi bo'lganda edi, ana o'shaning o'zi ham (uning bid'atligiga) kifoya bo'lgan bo'lar edi. Men kishilarning o'ng qo'llari bilan tasbih sanayotganlarini kamdan kam ko'raman! Bundan tashqari, odamlar bu bida'tni qilishlikda juda ko'p va turli-tuman yo'llarni o'ylab topishgan, shuning uchun ham (ba'zi paytlarda) tariqotlardan biriga ergashganlarni bo'yinglariga masbahani osib olganini ko'rasiz! Yo bo'lmasa, siz bilan suhbatlasha turib yo sizga quloq so'lgan hollarida, (o'zlaricha) tasbihlari bilan zikr qiladilar! Yo bo'lmasam, bunday turini anchadan beri ko'rmadim (ya'ni ba'zida ko'rib qolaman), bir kimsani odamlar bilan to'la bo'lgan ko'cha ichidan, velosipedini haydagan holida qo'lining birida tasbih ko'tarib (zikr qilib) ketayapdi! Ularni (o'zlaricha) Allohning zikridan hech narsa to'sa olmasligini odamlarga ko'z-ko'z qiladilar, vaholanki ba'zi paytlarda mana shu bid'at ko'plarini ba'zi vojib bo'lgan amallardan qaytarganini ko'rasiz. (Masalan,) menda – va boshqalarda ham - bunday holat bir necha bor bo'lgan, men (o'sha tasbihni qo'llariga osib olib zikr qilayotgan kimsalarning) biriga salom berganimda, salomimga salomni talaffuz qilmasdan (ya'ni "Va alaykum assalam" deb ovoz bilan qaytarmasdan) faqat imo-ishora qilib javob qaytardi. Bu bida'tning fasodlari sanab bo'lmas darajada ko'pdur. Quyidagi (salaf ulamolari tomonidan aytilgan) matnlar naqadan chiroylik: و ُ كلُّ خَيْرٍ فِي اتِّبَاعِ مَنْ سََلفَ
Bundan tashqari Sunan Daromiyda sahih sanad bilan kelgan Abdulloh ibn Masud radiyallahu anhudan bo'lgan asarda, bunga qo'shimcha bo'ladiga dalil bordur: Amr ibn Yahya radiyallahu anhu aytadilar: Men otamning otalaridan bo'lgan shundayوَ ُ كلُّ شَرٍّ فِي ابْتِدَاعِ مَنْ خََلفَ " Va har bir yahshilik salaflarga ergashishlikdadur Va har bir yomonlik, xalaflarning bid'atlaridadur " [ Shayx Alboniy so'zlarining ohiri] rivoyatni eshitdim: "Fajr namozidan awwal biz Abdulloh ibn Mas'ud radiyallahu anhu uylari eshigi oldida (ularni kutib) otirar edik, qachon chiqsalar birga masjidga borar edik. (Kunlardan bir kun) Abu Musa Al-Ash'ariy radiyallahu anhu bizlarning oldimizga keldilar wa : "Abu Abdur-Rahmon sizlarning oldingizga chiqdilami?", deb so'radilar. Biz: "Yo'q", dedik. Shunda biz bilan hatto (Abdulloh ibn Mas'ud uylaridan) chiqqunlaricha birga o'tirdilar. Chiqqanlarida, hammamiz turdik (Masjidga birga borishlik uchun, bu turishlikni ta'zim uchun qilingan deb o'ylanib qolmasligi kerak). (Abu Musa): "Ey Abu Abdur- Rahmon! Men masjidda o'zim yoqtirmagan bir narsani ko'rdim, lekin Allohga hamdlar bo'lsinkim yahshilikdan boshqa narsani ko'rmadim (ya'ni ko'rinishidan yahshi amalga o'hshaydiku, lekin uni Rasululoh paytlarida ko'rmaganim uchun yoqtirmadim). Ular (Abdulloh ibn Mas'ud): "Nima u?", deb so'radilar. U (Abu Musa jawoban): "Agar yashasangiz o'ziz ko'rasiz (ya'ni masjidga borsangiz o'ziz shohidi bo'lasiz). Masjidda doira bo'lib namozni kutib o'tirgan bir to'p kishilarni ko'rdim. Ularning har birining qo'lida toshlar bor, har bir qawmdan bir kishi (ularga): "100 marta Allohu Akbar denglar", deyapdida, ular esa 100 marta aytishyapdi, keyin "100 marta La ilaha illa Alloh denglar", deyaptida, ular 100 marta "La ilaha illa Alloh" aytishyapdi. Keyin: "100 marta SubhanaAlloh denglar", deyaptida ular 100 marta "SubhanaAlloh" deyishaydi. Shunda (Abdulloh ibn Mas'ud): "Ularga gunohlari sanashlikni buyurmadingizmi wa hasanotlaridan (agar qilsalar) birontasi ham bekor bo'lmasligini ularga wa'da bermadingizmi !?", dedilar. Keyin u bilan birga o'sha halaqalardan birining oldigacha bordik wa ularning ustida turdilarda wa: "Men ko'rib turgan sizlarning bu o'ylab chiqargan narsanglar nima?", deb ulardan so'radilar. Ular: "Ey Abu Abdur-Rahmon! Biz bu amalimiz bilan Takbir ("Allohu Akbar" deyishlik), Tahlil ("La ilaha illa Alloh" deyishlik), Tasbih ("SubhanaAlloh") wa Tahmid ("Alhamdulillah" deyishlik) sanamoqdamiz?", deyishdi. Shunda (Abdulloh ibn Mas'ud): "(undan ko'ra) gunohlaringizni sanamaysizlarmi?! Men sizlarga kafillik qilamanki, (agar qilsangizlar) hasanotlaringizdan birontasini ham bekor bo'lmaydi. Ey ummati Muhammad holingga woy bo'lsin, shunchalik ham tez halok bo'lasizlarmi-a (ya'ni shunchalik ham tez Bid'atlarga kirib ketasizlarmi) !! Uning (Rasulullohning) ashoblari bor bo'lsa, wa bu kiyimlari (ya'ni Rasululohning wafotlaridan keyin qolgan kiyimlari) chirimagan bo'lsa, idishlari hali sinmagan bo'lsa! Nafsim qo'lida bo'lgan Zotga qasam ichib aytamanki, sizlar Muhammad sallallohu alayhi wa sallam millatidan ko'ra hidoyatliroq millatsizlar, yo bo'lmasam Zalolat eshigini ochib beryapsizlar (ya'ni Bid'atligida shakshubhasi yo'q bo'lgan bir Zalolatni o'ylab topyapsizlar) !!", deb jawob berdilar. Ular: "Ey Abu Abdur- Rahmon, Allohga qasamki, bundan (bu qilayotgan amallarimizdan) faqat yahshilikni niyyat qilyapmiz !", deyishdi. Shunda (Ibn Mas'ud): "Qanchadan qanchalar (bir amalni qilayotganda) yahshilikni ko'zlaydilarda, unga yetisha olmaydilar, Rasulloh sallallohu alayhi wa sallam aytdilarki: "Shunday qavmlar bo'ladiki, Qur'onni o'qishadi, lekin u (ya'ni tilowatlari) bo'g'izlaridan tepaga chiqmaydi (ya'ni sawob olishmaydi)". Allohga qasamki, ularning ko'pi sizlardan bo'ladimi yo yo'qmi", dedilarda ularni tark qildilar. Amr ibn Salama radiyallahu anhu dedilar: "Biz ularning ko'pchiligini Khawarijlar bilan birgalikda Nahrowan kunida bizlarga (Sahobalarga) qarshi jang qilayotganlarini ko'rdik". [Imom Ad-Darimining ”Sunan" laridagi rivoyat 1/79, Sahih] Shunday ekan, tasbih - Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida va sahobalar davrlarida bo'lmagan va ulardan so'ng ba'zi musulmonlar tomonidan o'ylab topilgan bid'at amalidur. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida bo'lmagan ibodat bilan Allohga yaqin qilishlik bu bid'atdur va barcha bid'at Zalolatdur. Oisha onamiz radiyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday degan ekanlar: "Kimda kim bizning dinimizda bo'lmagan narsani o'ylab topsa, u (amal) mardurdur (ya'ni o'z o'zidan bekor amaldur) " [ Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari] Va Imom Muslimdagi boshqa hadisda esa: "Kimda kim bizning dinimizda bo'lmagan amalni qilsa, u (amal) mardud amaldur"[Oisha onamiz radiyallahu anhodan rivoyat qilingan hadis] Jobir radiyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday degan ekanlar: " Darhaqiqat, eng to'gri so'z Allohning Kalomidur, va eng afzal hidoyat yo'li Rasulullohning yo'lidur, va eng yomon ishlar (dinda) to'qib chiqarilgan amallardur, va har bir (dinda, Allohga yaqinlik qilaman deb) to'qib chiqarilgan amal bida'tdur, va har bir bid'at zalolatdur" [Imom Muslim rivoyati] Rasulullohga va uning ahl-oilalariga, Ashoblariga va ularga yahshilik bilan ergashganlarga Allohning salovoti bo'lsin. RE: Тасбиҳнинг ҳукми - mastura - 10-18-2011 Tasbih (ya'ni Subhana Alloh va hokazo) qilishlik uchun masbaha ishlatishlik
Savol : Sizning fikringizda ko'pchiligimiz namozni tamomlagandan so'ng qiladigan tasbih aytishlik uchun masbahani ishlatishlik hukmi nima? Javob : Tasbih qilayotganda qo'lni ishlatishlik yaxshidur va (undan tashqari) o'ng va chap qo'llarni ishlatishlikdan ko'ra, faqat o'ng qo'lni ishlatmoqlik afzaldur. Mana shu Payg'ambarimizning sunnatlarida rivoyat qilingandur: (ya'ni) zikr va tasbihlarni o'ng qo'lda sanashlikka buyurganlar, buning sababi ular u haqda so'raladilar va o'zlari ham o'ng qo'llarida sanaganlar. Buni qilishlik uchun masbahani ishlatishlik bo'lsa, bir necha hatogarchilikka yo'l qo'yiladi: 1. Rasululloh salllallohu alayhi va sallam bizlarni tasbihni o'ng qo'limiz bilan sanashlikka yo'llab ketganlar, va masbaha ishlatishlik bu yo’llanmaga qarshi chiqadi. 2. Ba'zan masbaha ho’jako'rsinlikka sababchi bo'lib qolishi mumkin, masalan, bo'yinlariga 1000 ta donachasi bo'lgan mashabani osib olishlik va bu bilan huddi: "Bizga qarangiz, biz 1000 marta tasbih aytamiz" degandek. Men masbaha ishlatadiganlarning barchasi uni ho’ja korsinlikka ishlatadi deb aytmayman, balki uni ishlatishlik ana shunga olib borishi mumkin. 3. Aksari vaqtlarda, tasbih uchun masbaha ishlatgan kimsani qalbi g'ofil bo'ladi. Uning hayoli bir joyda bo'lmay, uning tili qimirlasa ham ko'zlari kegan-ketganga qarab o'tga-bot'ga sandiraylaydi. Mana shu sabablarga ko'ra, men masbahani ishlatmaslik kerak deyman; undan ko'ra, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko'rsatib ketganlaridek, kimsa barmoqlarini ishlatmoqligi kerak. Va Alloh Ta'alo Bilguvchiroqdur. Shaix Ibn Usaimin (rahimahulloh) Tasbihni faqat o'ng qo'l bilan qilishlik afzaldur
Savol : Farz namozlaridan so'ng, Tasbih (SubhanaAlloh deyishlik), Tahmid (Alhamdulillah deyishlik) va Takbirni (Allohu Akbar deyishlik) o'ng qo’l bilan qilishlik afzalmi? Javob : Uni o'ng qo'lda qilmoqlik afzaldur, chunki buni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o'ng qo'l bilan qilganliklari ulardan (sahih hadislarda) sobit bo'lgan. Oisha radiyallohu anha aytadilarki: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ishlarni o'ng taraf bilan qilishlikni yaxshi ko'rar edilar; oyoq-kiyim kiyganda, soch taraganda, tahorat qilganda va har bir muhim mas'alada. (Tasbihni) qo'llarda sanashlik chaqirilgandur, chunki buni ba'zi hadislar quvvatlaydi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday degan ekanlar: إِنَّهُنَّ مَسْؤُولاَتٌ مُسْتَنْطَقَاتٌ "Ular (barmoqlar) ular borasida so'ralinadilar" [Abu Dovod va Termiziy rivoyati] Shaix Ibn Boz (rahimahulloh) RE: Тасбиҳнинг ҳукми - Admin - 02-06-2013 «Саҳифамизга келган савол» Wrote:Assamu alaykum men namoz oqiyman men tasbehni qol bilan sanaganim yaxshimi yoki. Kozmunchoqdami RE: Тасбиҳнинг ҳукми - Муслим - 02-06-2013 Quote:Assamu alaykumВалейкум ассалам ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ! Quote:men namoz oqiyman men tasbehni qol bilan sanaganim yaxshimi yoki. Kozmunchoqdami Айрим уламолар зикрларни санаш учун тасбиҳ шодасини ишлатишга рухсат берган бўлсалар ҳам, қўл бармоқлари билан санашни афзал деганлар. Айримлари эса зикрларни тасбиҳ воситасида санашни бидъат ҳисоблаганлар. Шайхулислом Ибн Таймийя (раҳимаҳуллоҳ) айтади: «(Уларга қўйиб берилса) айримлари елкасига жойнамозни қўяр, қўлида тасбиҳ олиб юрар ва буларни Ислом шиорларидан бирига айлантиришиб олар эди!
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам ва саҳобалардан мутавотир ривоятлар воситасида хабарлар келганки, бу нарсалар уларнинг шиори бўлмаган. Балки, ҳадисда: «Бармоқлар билан сананглар! Улардан сўралади ва уларни гапиртирилади!» дейилганидек, улар тасбиҳ айтар экан бармоқларини ишлатишар эди. Айрим саҳобалар эса, зикрларни санар экан майда тошлар ва хурмо данаклари ишлатишар эди. Тасбиҳ тошлари билан санашни айрим одамлар макруҳ ҳисоблаган бўлса, айримлари рухсат берган. Бироқ, у – бармоқлар билан санашдан кўра афзал, – деб айтмаган» («Мажмуъу фатаава», 22/187). Сўнгра, шайхулислом Ибн Таймийя (раҳимаҳуллоҳ) тасбиҳ билан санаш машруъ бўлмаган ишдаги риёга олиб борадиган бўсаға эканини, машруъ бўлмаган ишдаги риё машруъ бўлган ишдаги риёдан кўра ёмонроқ эканини таъкидлаган. Шайх Муҳаммад ибн Солиҳ ал-Усаймин раҳимаҳуллоҳдан тасбиҳ шодаси билан (намоз) тасбиҳлар(и)ни санаш бидъат ёки бидъат эмаслиги ҳақида сўралганида, шундай жавоб берган: «Тасбиҳ шодаси билан тасбиҳларни санамаслик авлодир. Бироқ, тасбиҳ билан санаш бидъат эмасдир. Чунки унинг асоси бордир: саҳобалар майда тошлар билан санашар эди. Лекин Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам бармоқлар билан санаш афзал эканига уларни йўлладилар ва хотин-қизларларга хитоб қилар эканлар: «Бармоқларингиз билан сананглар! Чунки улар гапиртирилади!» – дедилар. Шунинг учун ҳам тасбиҳ тошлари билан тасбиҳ айтмаслик авлодир. Агар тасбиҳ тошлари билан тасбиҳ айтилса, қалбга риё кириши мумкин. Чунки биз, айрим одамларнинг бўйнига мингта тоши бўлган тасбиҳ шодасини осиб олганини ва гўё бу билан: «Мени кўриб қўйинглар, мен мингта тасбиҳ айтаман!», дегандек бўлганини кўрмоқдамиз. Учинчидан: тасбиҳ тошлари билан тасбиҳ айтаётган одамнинг қалби кўпинча ғофил бўлади. Шунинг учун унинг қўли тасбиҳда бўлсада, кўзлари осмонда, ўнгда ёки чапда ўйнаб юрганини кўрасиз. Бу, унинг қалби ғафлатда эканини кўрсатади. Хуллас, одамнинг намоз тасбиҳларини бармоқлари – ўнг қўл бармоқлари билан санаши авлодир. Чунки Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам ўнг қўллари билан санар эдилар. Агар иккала қўли билан ҳам санаса, зарари йўқ. Бироқ, ўнг қўли билан санаши афзалдир» («ал-Лиқоул Мафтуҳ» 3/30). Шайх Муҳаммад Носируддин Албоний (раҳимаҳуллоҳ) «Тасбиҳ – қандай яхши эслатувчи!» ҳадисининг тахрижи пайтида шундай дейди: «Ҳадис, менимча, маъно нуқтаи назаридан қуйидаги сабабларга кўра ботилдир: Биринчидан: Тасбиҳ шодалари билан тасбиҳ айтиш бидъат бўлиб, у Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам замонида йўқ эди. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам бўлмаган нарсани қилишга саҳобаларни қандай рағбатлантирган бўлишлари мумкин? Бу сўзимга ҳужжат Ибн Ваззоҳ (раҳимаҳуллоҳ) «ал-Бидаъ ван-наҳю анҳо» китобида Солт ибн Баҳромдан ривоят қилган (ушбу) осорлардир: Ибн Масъуд разияллоҳу анҳу тасбиҳ шодаси билан тасбиҳ айтаётган аёл олдидан ўтди ва шодаларни узди ва отди. Бундан ташқари, тошлар билан санаётган эркак олдидан ўтиб, у тошларни оёқлари билан тепди ва: «Ҳаддингиздан ошдинглар ва зулм ўлароқ бидъатга қўл урдинглар! Сизлар илм борасида Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг саҳобаларидан ҳам ўтиб кетдингларми?!» – деди. Бу ҳадиснинг Солт (раҳимаҳуллоҳ)га қадар борган санади саҳиҳдир. Солт (раҳимаҳуллоҳ) тобиинларнинг ишончли шогирдларидан бири бўлган. Иккинчидан: Тасбиҳ шодалари билан санаш Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг одатларига зиддир. Абдуллоҳ ибн Умар разияллоҳу анҳу: «Мен Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ўнг қўллари билан тасбиҳ айтаётганларини кўрдим» – деди» («ас-Силсилатуз Заифа», 1/110). «Агар тасбиҳ шодалари билан санашнинг битта ёмонлиги – унинг афзал эканлигига қарор қилишиб бармоқлар билан санаш суннатини йўқ қилиш бўлса, шунинг ўзи (унинг бидъат эканига) кифоядир! Мен (масалан, тасаввуф) шайхларининг бармоқлар билан тасбиҳ айтганларини камдан кам кўраман! Улар бу бидъат борасида «уста» бўлиб кетганлар. Тасаввуф оқимининг бирига мансуб бўлган айрим одамларнинг бўйинларига тасбиҳ шодаларини осиб олганини кўрасиз. Уларнинг айримлари сиз билан гаплашиб ёки гапларингизга қулоқ солиб туриб, тасбиҳ айлантираверади! Шундай одамлардан бирини яқин кунларда кўрдим. Қўлида тасбиҳ, оддий велосипедни тепиб, одамлар тиқилинч жойда ҳайдаб кетаяпти. Бу уларнинг одамларга: «Биз Аллоҳнинг зикридан бирон лаҳза ҳам ғофил эмасмиз!» – деб «кўз-кўз» қилишларидир. Гоҳида бу бидъат уларни фарзлардан бирига эътиборсиз қолишларига омил бўлиши мумкин. Масалан, мен ўзим бир неча марта улардан бирига салом бериб, уларнинг талаффуз билан эмас, ишора билан алик олганларига гувоҳ бўлганман. Бу бидъатнинг сон-саноқсиз фасодлари бор. Шоирнинг ушбу байтлари нақадар тўғри-я: Барча яхшилик салафга эргашишда, («ас-Силсилатуз Заифа», 1/117).Барча ёмонлик кейингиларга эргашишда» Валлоҳу аълам. тасбех хакида? - Ahlussunna - 04-03-2014 Ассаламуалайкум ва рохматуллох! тасбех хакида маълумот берсангизлар яъни занжир каби ясалган ва шунга ухшаш табехлар электрон ускунали тасбехлар буларни ишлатишлик жоизми?эшитдимки бир ( Сахобия аёл карилигидан я Росулуллох(саллоллоху алайхи уасаллам) тасбех санашда адашип кетмокдаман деганда тошларни олиб санашликга буйриган деп ) бу хабарни иснодини айтсангизлар! хамки эшитдим ундай ясама тасбехлар Бидаът деб шу масаълани Ахлул Хадис Алломалар фикриларидан билдирсангизла!Барок Аллоху фийкуум! |