Меҳмон   03-01-2012, 03:02 PM
#1
Ismingizni yodlagandek Qur’onni yodlash mumkinmi?

Bu minglab balki milionlab musulmonlarning orzusi, lekin kim bu orzuni amalga oshirishni hohlasa sidqi-dildan kirishishi kerak. Sizga Shanqitiylarning yodlash yo'llarini keltiramiz, sizga Qur’onni haqiqatda zo’r yodlashlarining sirini ochamiz..

Shanqitiylar kim uzi?

Ular Mavritaniya islomiy mamlakatining sharqida joylashgan Shanqit shahari aholisidir. Ularda yodlashning nodir uslublari bor va yodlash qobiliyatlari juda oliy hisoblanadi. Ular bundan fahrlanadilar ham. 10ta kitob yodlaganlari ham bor. Ularning cho'qqiga chiqqan hislatlaridan biri ularning ko’pchiliklari qalblarida yod olgan narsalarini saqlab doim unga tayanadilar- kitobga ehtiyojsiz holatda.

Ularning qalblari huddi kitobni yozuvsiz saqlab quyilgan idishga o’hshaydi. Yodlash qobiliyatlari temirdek mustahkam. Ularning hozirgi paytdagi oddiy bolalarining orasida imomi Molikning bir devon kitoblarini balog’atga etishdan oldin yodlaganlari bor. Ba’zi ulamolaridan birining aytishicha u bir necha kitoblarni yoddan biladi: ”Fathul-boriy” kitobi va Imom Suyutiyning "Itqon” kitobini va boshqa matnlar va kitoblarni. Bu ularda oddiy holat hisoblanadi. Bizdachi? Qur’onni bir porasini hatosiz o’qiy oladigan bolajonlarimizni ko’rsak ko’zimiz
qancha quvonadi, qo’shimcha kitoblarni yodlashlariga ajabo, subhanalloh, tasanno!!!

Ularning oddiy islomiy ayollarining yodlagan narsalariga qiziqsak, oralarida fihq bo’yicha fatvo kitoblarini yodlab chiqqanlari bor ekan. Ulardan biri Shayh Abdulloh bin Alimomning volidasi Maryam Hiynning qizi Al-Jakniyya. U ayol fiqh matnlarini yodlab so’ralganda yollarga hayz va haj haqidagi fatvolarni yodlab berar ekan. U ayolning siyrat va fiqh masalari haqida kitoblari bor. Hop biz bularni bilaganimizdan
keyin qanday foydalanamiz?! Inson o’ziga o’hshagan insonning qo’lidan keladigan bir ishni ko’rsa, unga o’sha ishni qilish onsonroq tuyuladi, hususan bu ish uning orzularidan biri bo’lsa, boshqa odam shu orzuga etganini ko’rgandan keyin uni ham shu orzuga etishishi
mumkinligiga umid yo’li ochiladi. Shu zamonda siz bilan birga yashayotgan musulmonlar vaqtlarini behuda sarflamasdan orzulariga etishayotgan ekanlar siz nega orzularingizni tashlab quyib vaqtingizni behudaga sarflayapsiz, qani Jannatdagi ne’matlaru,ota-onangizga beriladigan mukofot uchun harakat qilmaysizmi?! Noumid bo’mang!!!

Xo’sh ularning qoyil qoladigan zehnlariga nima sabab, bunga ular qanday e’rishadilar??..
Меҳмон   04-08-2012, 09:24 PM
#2
Temirdek mustahkam yodlash uslublari.

Bu uslub amaliy tajribadan o’tgan yod olishda eng kuchli yo’l hisoblanadi, bunga amal qilishda qattiq hirs kerak bo'ladi va eslash qobiliyatining haqiqatda ham odam hayron qoladigan hislati borligini ko’radi. Bu rost va haqiqatdir...

1-Avval yodlashga mo’ljallangan qismni ajratib olasiz, so’ngra uni baland ovoz bilan o'qiysiz. Kitobdagi o’qiyotgan oyatingizga qattiq diqqat qilib qaragan holatda. So’ngra ushbu oyatni kitobga qaramasdan o’qiy oladigan bo’lguningizgacha takrorlaysiz.

2-Mo’ljallangan qismni yodlab bo’lganingizdan keyin uni yana 300 matra takrorlaysiz, ammo u Qur’on oyatlari bulsa 500 marta takrorlaysiz. Balki siz 500 marta takrorlashni ko’rib dahshatga tusharsiz!!? Lekin aytamizki: Mavritaniyadagilar Qur’ondan yodlayotgan bo’lsalar kamida 1000 marta takrorlaydilar. Albatta bu uslub ko’p vaqtni oladi, lekin bilingki bu uslubda yodlasangiz Qur’onni xoxlagan
vaqtingizda o’zingiz bilan hujjat qilib olib yurasiz va bu yodlash sizga yangi hayot bahshida etadi. Qaysiki u hayotda siz ko’p vaqtingizni qayta yodlash uchun sarflamaysiz, bu yo’l orqali siz yoki yodlagan yoki yodlamagan kishidan biriga aylanasiz. Uchinchi yo’l esa yo’q.

Esdan chiqarib yana yodlab vaqtingizni sarflamasdan butun umringiz davomida uni unutmay saqlab yurasiz. Siz bir necha soatingizni sarflab butun umringizni sarflashdan qutulasiz. Inson boshida qattiq, yahshi, mustahkam yodlasa, albatta u zehnida sobit-umrbot
qoladi.

3-Yodlagan sahifangizni oxirida kitobga qaragan holda o’qing, bir necha vaqt o’tgandan keyin, uni esingizdan chiqarmaganingizni aniqlash uchun. Shu joyda bir bo’lib o’tgan voqeani keltiramiz, bir olim o'zining kampir cho’risi oldida bir hadisni yodlash uchun qayta-qayta takrorlayveribdi. Shunchalik ko’p takrorlaganidan oxiri kampir bo’ldi hali ham yodlolmadingmi, men kampir bo’lib yodlab oldimku, debdi. Olim undan yodlaganini haqiqatmi yo’qmi bilish uchun yodlab berishini talab qilibdi, shunda kampir haqiqatdan ham yodlab olganini to’liq, xatosiz aytib beribdi. Olim tabassum qilganicha tasanno aytibdi, bir necha hafta o’tganidan keyin kampirdan o’sha yodlagan narsasini qayta aytib berishini so’rasa, kampir: "Eee, allaqachon esimdan chiqib ketgan", deb aytib berolmabdi. Shunda olim hali esidan chiqarmaganini aytib yodlab beribdi va "ko’rdingmi nima uchun ko’p takrorlaganimni sirini" deb aytibdi.

4-O’zingizni qiynamasdan yodlash uchun mo’ljallangan qismni mayda bo’laklarga bo’lib chiqing. Bu sizga yodlashda yordam beradi... Misol uchun: 100marta o’qib keyin dam oling, so’ng yana qaytadan o’qing, 300marta bo’lguncha shunday qiling.

5-Ikkinchi kunida huddi avvalgi kunidek takrorlab qaytarishda davom eting. Tugatganingizdan keyin dam oling.

6-Ikkinchi kunida kamida 500martani tugatganingizdan keyin ozgina dam olib, so’ng yana 150marta uni qaytadan yoddan o’qing.

7-Uchunchi kuni yangi sahifani yodlashga o’tib,yana birinchi kuni yodlangan qismni 50-75marta qaytaring.

8-To’rtinchi kuni oldingi kunlardagidek takrorlanadi, lekin 1-kun yodlaganlarini kamroq o’qiydi, 10martagacha takrorlasa kifoya...

Sizga bu uslub juda qiyin va mashaqqatlik ko’rinishi mumkin, lekin asta-sekinlik bilan siz bunga erishsangiz keyinchalik qayta yodlashga muhtoj bo’lmaysiz. Bu yodlaganlaringiz huddi zehningizga o’yib naqsh solingandek yozilib qoladi. Bu yo’lda 5martaga etguncha takrorlashni maslahat qilamiz, yodlaganlaringiz keyingi yodlaganlaringizga muttasil bog’lanishi uchun. Mavritaniyaliklarda yodlangan narsani mustahkamlash asosiy ish hisoblanadi. Oddiy o’rtacha yodlagan tolibning yodlagandan so’ng qaytarishi sahifaning qanchaligiga qarab 100martadan 1000martagacha boradi... U yodlagan narsasini baland ovoz bilan tongda nomozdan so’ng o’qiydi va peshingi namozdan so’ng qaytaradi, so’ngra shom namozidan keyin o’qiydi, keyingi kuni yangi darsni yodlashdan oldin eski darsini takrorlashdan boshlaydi, uni ustoziga topshirganidan so’ng keyingi darsga o’tadi...

Shu tarzda har bir darsni yodlab chiqadilar, hafta ohirida ular butun haftada yodlaganlarini qaytaradilar, toki qasd qilgan narsalarini yodlab bo’lguncha shu holatda davom etadilar. Tugatganlaridan so’ng boshqa kitobni yodlashga o’tadilar. Avvalgi yodlagan kitoblarini har haftada ohirida yod bo'lib ketguncha takrorlaydilar, boshqa kitobni yodlash mobaynida ham. Ularning talabalari orasida haftalik takrorlash katta matnlar uchun va oylik takrorlash qisqa matnlar uchun (Ibni Molikning sarf kitobi, Bayquniyya, Rohabiyya (meros ilmi
haqida), Bulug’ul marom va boshqa kitoblar) qismlangan. Ular orasida sahar paytida uxlab yotgan tolibni topmaysiz.

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам дедилар: «Дунёда ғариб-нотаниш ёки йўловчидек бўл!» (Бухорий 6416).
Меҳмон   04-08-2012, 09:29 PM
#3
Shayh Mahmud bin Muhammad Al-Muhtor Ash-Shanqitiy aytadilar: agarda bizlargan bir narsani yodlash qiyinchilik tug’dirsa bir tong sahar paytini kutardik,Alloh bizga u’sha paytda oson qilib qu’yardi,sahar paytining muborak lahzalar e’kanligiga shubha yu’q albatta.Chunki bu vaqt ilohiy hadyalar beriladigan paytdir.Bu payt payg’ambarimiz vasiyat qilganlaridek Allohning oldiga sayr qilinadigan vaqtdir.Imom Buhoriyning sahihlarida payg’ambarimizdan keltirilgan hadisda aytilishicha:”E’rta tongda va kech kirganda va tunning ohirgi bu’lagida Allohdan yordam su’ranglar” deyiladi.Tunning bir bu’lagini bu sahar paytidir ya’ni Bobdod namozidan 1soatcha oldin,deb ulamolar aytishgan,chunki bu ummatning sahar paytiga baraka berilgan.
Yodlashning boshqa uslublari ku’p,ular haqida keyingi maqolalarimizda keltiramiz…
_______________________________________
Davomli nizom bilan yodlash usuli...
Samarali amalda o'tgan yo'llardan biri bu davomli to'htamasdan yo'dlash,bir kunda bittagina oyatdan bulsa ham.
Agar Qur'ondan har kuni birgina oyatdan yodlansa uni hammasini: 17 yil 7 oy 9kunda yodlasa bo'ladi.
Agar bir kunda 2ta oyatdan yodlasangiz: 8yil 9oy 18kunda yodlab bo'lasiz.
Agar kuniga 3ta oyatdan yodlasangiz Qur'onni hammasini: 5yil va 10oy va 13kunda yodlab chiqasiz.
Bir kunda 4ta oyatdan yodlasangiz Qur'onni hammasini:4yilu 4oyu va 24 kunda yodlaysiz.
Bir kunda 5ta oyatdan yodlasangiz Qur'onni hammasini:3 yil va 6 oyu 7kunda yodlaysiz.
Bir kunda 6ta oyatdan yodlasangiz Qur'onni hammasini:2 yil va 11 oyu 4kunda yodlaysiz.
Bir kunda 7ta oyatdan yodlasangiz Qur'onni hammasini:2 yil va 6 oyu 3kunda yodlaysiz.
Bir kunda 8ta oyatdan yodlasangiz Qur'onni hammasini:2 yil va 2 oyu 12kunda yodlaysiz.
Bir kunda 9ta oyatdan yodlasangiz Qur'onni hammasini:1 yil va 11 oyu 12kunda yodlaysiz.
Bir kunda 10ta oyatdan yodlasangiz Qur'onni hammasini:1 yil va 9 oyu 3kunda yodlaysiz.
Bir kunda 11ta oyatdan yodlasangiz Qur'onni hammasini:1 yil va 7 oyu 6kunda yodlaysiz.
Bir kunda 12ta oyatdan yodlasangiz Qur'onni hammasini:1 yil va 5 oyu 15kunda yodlaysiz.
Bir kunda 13ta oyatdan yodlasangiz Qur'onni hammasini:1 yil va 4 oyu 6kunda yodlaysiz.
Bir kunda 14ta oyatdan yodlasangiz Qur'onni hammasini:1 yil va 3 oyda yodlaysiz.
Bir kunda 15ta oyatdan yodlasangiz Qur'onni hammasini:1 yil va 2 oyu 1kunda yodlaysiz.
Bir kunda 16ta oyatdan yodlasangiz Qur'onni hammasini:1 yil va 1 oyu 6kunda yodlaysiz.
Bir kunda 17ta oyatdan yodlasangiz Qur'onni hammasini:1 yil va 10kunda yodlaysiz.
Bir kunda 18ta oyatdan yodlasangiz Qur'onni hammasini:11 oy va 19kunda yodlaysiz.
Bir kunda 19ta oyatdan yodlasangiz Qur'onni hammasini:11 oy va 1kunda yodlaysiz.
Bir kunda 20ta oyatdan yodlasangiz Qur'onni hammasini:10 oy va 16kunda yodlaysiz.
Bir kunda 1sahifa-betdan yodlasangiz Qur'onni hammasini:1 yil va 8 oy va 12kunda yodlaysiz.
Bir kunda 1varroq=2sahifa-betdan yodlasangiz Qur'onni hammasini:10 oy va 6kunda yodlab bo'lasiz.

Shuni hammasiga qanday sabr qilaman?!-deyishingiz mumkin,lekin bilinki Allohga sekinlik bilan borganingiz,huddi toshbaqa kabi e'maklab etishishingiz,bir narsaga tez e'rishaman deb yugurib shoshib boshlab keyin uni tashlab qo'yib hech narsaga e'risholmay qolganingizdan ko'ra yahshiroq va afzalroqdir.

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам дедилар: «Дунёда ғариб-нотаниш ёки йўловчидек бўл!» (Бухорий 6416).
Меҳмон   04-08-2012, 09:35 PM
#4
-Alloh bilan qasam ichib aytingchi sizni kunlaringiz siz hohlamagan holatda bo'lsa ham o'tib ketayaptiku,siz hayrli ishlardan hech narsa qila olmagan holda o'tib ketmayaptimi?!Yoki solih amallarga etisholmay o'tkazgan kuningiz yo'qmi???Albatta hayot to'htamaydi,birgina to'htaydigan narsa bu insondir,chunki uni umri belgilab-o'lchab qo'yilgandir:
Alloh Taolo Qur'oni Karimda aytadi:{Bir nafsni-jonni ajali etsa Alloh uni hech qachon to'htatmaydi..}
Sizga hayotiy misollardan keltirsak:Bir oddiy sharikada ishchi bo'5fc lib ishlaydigan va Qur'onni har kuni ertalab qodir bo'lgancha yodlashni boshlagan Abu Said ismli o'rta yoshli kishi uni 3yilda hammasini yodlab tugatdi.
Abu Haysam ismli kishi esa oddiy avtobus haydovchisi bo'lib ishlaydi,u har kuni ish jarayonida avtobus ohirgi bekatga kelib dam olayotganida yodlashni boshlab,2 yilda Qur'onni hammasini komil yodlab chiqdi.
E'slatib o'tamizki Muslim va Abu Dovuddan rivoyat qilingan hadisda;Uqba bin Omirdan:Rosululloh s.a.v. biz Suffada o'tirganimizda chiqdilar va:"Sizlardan biringiz har kuni e'rta nahor bilan Aqiq(Madinadan 2mil chamasi uzoqdagi joy) vodiysiga borib u erdan o'rkachi kotta ikkita tuyani(o'rkachi kotta tuya arablarda yahshisi hisoblangan) hech qanday gunohsiz(o'g'irlik va talon tarojsiz) va silatur-rohmni(qarindosh urug'chilikni) uzmagan holatda olib kelmaydi?!-dedilar,biz:E'y Rosululloh bunday qilishni hohlaymiz..-dedik,ular aytdilar:Unda sizlardan biringiz masjidga e'rta tong bilan kelib ilm o'rganib yoki Allohning kitobidan ikki oyatgina o'qishi unga ikkita tuyadan ham yahshiroqdir,va 3ta oyat o'qishi 3ta tuyadan,4ta oyat o'qishi unga 4ta tuyadan ko'ra ham afzalroqdir,va qancha oyat sanalsa shuncha tuyadan ham yahshiroqdir."dedilar.
-Mana sizga bir dehqon oilasidan misol: 66 yoshli o'qishni bilmaydigan 13ta shahsdan iborat bo'lgan oilani onasi bo'lgan ayol,o'zining har-hil mashaqqatli uy va e'kin yumushlariga qaramay har kuni bir dona oyat yodlab shu oyatni kun bo'yi takrorlaydi,va bu ayol o'qish va yozishni bilmaganidan qizlaridan biriga shu oyatni o'qib berishni surab,qizi bilan birga ketma-ket qaytarib o'zi to'g'ri ayta oladigan bo'lgyncha takrorlar e'kan.Agar uzun oyat bo'lsa,undan birgina qatorni yodlar e'kan,qolganini keyingi kunlarda yodlarkan.Siz u ayolni qanday ishtiyoq bilan yodlashga qiziqib takrorlashlarini ko'rganingizda e'di,u ayol shunaqangi yodlashga sho'ng'ib ketar e'diki unga yodlashdan ham muhimroq narsa yo'qligini kun bo'yi uy yumushlarida ham tinmay takrorlayotganidan ko'rib amin bo'lardingiz.Shu holda u ayol 2 yilda "Baqara" surasini tugatdi.Shu kunlarda men u ayoldan so'raganimda u ayol "Moida" surasiga 5 yilga kelganini aytdi.Alloh Taolo aytadi:{"Albatt sabr qiluvchilarni ajr savoblarini hisobsiz darajada ko'p qilib beradi"},Umar r.a aytganlaridek:"E'ng yahshi hayotimizni sabr bilan topamiz."
-O'ylab ko'ring sizni qanchadan qancha umringiz behuda o'tib ketayapti,shu yoshi kotta ayol e'rishgan narsaga nahotki siz e'risholmaysiz,nahotki o'qish va yozishni bilib turib bir kunda bir qatorni yodlash ham qo'lingizdan kelmasa??!!!

Manba: IYMAN2.UCOZ.COM

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам дедилар: «Дунёда ғариб-нотаниш ёки йўловчидек бўл!» (Бухорий 6416).
  
Users browsing this thread: 3 Guest(s)
Powered By TAVHID.COM, © 2002-2024 Tavhid Forum.
Made with by Curves UI.