Payg'ambar manhajining ta'rifi
Payg'ambar manhaji: Bu shunday yo'lki, bu bilan Rosululloh sollollohu alayhi va sallam va u kishinig sahobalari roziyallohu anhumlarning yo'llariga ergashishlik haqqirost ro'yobga chiqadigan yo'ldir.
Yoki (mana bunday deb aytsak ham bo'ladi|): Sahobalarni Rosululloh sollollohu alayhi va sallamga ergashishlikdagi yo'llariga binoan yurish.
Yoki (yanada tushunarliroq bo'lish uchun mana bunday deb aytsak ham bo'ladi): Asarlar (salaflarning istilohida, hadis va sahobalardan kelgan asarlarga umumiy asar lafzi ishlatilgan) va sunnatga ergashishlikni sahobalar va ularga go'zallik bilan ergashgan zotlarni tushunchasi (fahmi) bilan qabul qilish.
Safariniy rohimahulloh "Lavami' al-Anvor" kitobining (1/20) sahifasida payg'ambar manhaji, ya'niki salaflar yo'liga ta'rif bera turib shunday dedilar:
" (Bu yo'l) Sahobalar roziyallohu anhum, ularga go'zallik bilan ergashgan zotlar (tobe'inlar), taba'a tobeinlar (tobe'inlarga ergashuvchilar) va imom deb guvohlik berilgan din peshvolarining yo'llaridir. Bu yo'lning dinda nihoyatda oliy o'rin egallagani ma'lum va mashxurdir. Odamlar noloyiq laqablar bilan tanilmagan va bid'atchi deb mashxur bo'lmagan ushbu zabardast imomlarning so'zlarini avlodlar almashishi bilan (bosh ustiga deb) qabul qilishdi. (Bu noloyiq laqablar va bid'at turlariga) Misol: Xavorij, Rofiza, Qadariy, Murjia, Jabariy, Jahmiyya, Mo'tazila, Karromiyya va bulardan boshqalar...
Demak bu yo'l, ilmda peshvo bo'lganlar, ashobul asar (hadis olimlari) va iqtido qilinishga loyiq bo'lgan hamda sunnatni ushlash bilan dong taratgan zotlarning yo'llaridir. Kimki ushbu yo'lning biror o'rniga xilof ish tutsa, unga ta'na yetkazsa yoki (boshqalarga ushbu yo'lni) yetkazuvchisini ayblasa, bas u jamoatdan chiqqan bid'atchi va sunnat yo'li hamda haq manhajni tashlagan kishidir."
Bu yo'l Nabiy sollollohu alayhi va sallam va u kishing sahobalari yo'liga haqqirost ergashishlikni ro'yobga chiqaradigan yo'ldir.
Bu yo'l mo'minlarning yo'lidirki, kim ularga xilof ish tutsa va ularning yo'lini qo'yib, boshqa yo'llarga ergashadigan bo'lsa, Alloh taolo uni ketganicha qo'yib beradi va uni jahannamga uloqtiradi. U (jahannam) qanday ham yomon joy. Alloh taolo aytadiki:
" Kim o'ziga hidoyat ravshan bo'lganidan keyin Payg'ambarga xilof qilsa va mo'minlarning yo'lidan boshqa yo'lga yursa, ketganicha qo'yib beramiz va jahannamga kiritamiz. U qandoq ham yomon joy!" (Niso:115).
(Oyatdagi)
"Mo'minlarning yo'li" , shak-shubhasiz bu sahoba roziyallohu anhumlarning yo'llaridir. Demak xoh aqidada bo'lsin yoki ibodatda, muomalotda (o'zaro oldi-sotdi va shunga o'xshash ishlar) va axloq-odobda bo'lsin, sahobalarning yo'lidan chiqish, bu mo'minlarni yo'lini qo'yib boshqasiga ergashishlikdir.
Ubay ibn Ka'b roziyallohu anhu shunday dedilar:
" (Sahobalar) Yo'lini va Sunnatni mahkam tutinglar. Chunki, biror bir banda (sahobalarni) yo'li va sunnatda bo'lgan holida Allohni eslasa va Allohdan qo'rqqani sabab eti titraydigan bo'lsa, undan daraxtdagi quruq barglar to'kilgani kabi xatolari to'kilib tushadi.
Biror bir banda (sahobalarni) yo'li va Sunnatda bo'lgan holida, yolg'iz bo'lgan holatda Allohni eslasa va Allohdan qo'rquv sabab ko'zidan yosh oqadigan bo'lsa, jahannam (olovi) unga aslo yetmaydi.
(Sahobalarni) Yo'li va Sunnatda bo'lgan holatdagi kam qilingan amal, (sahobalarni) yo'li va Sunnatga xilof bo'lgan holatdagi ko'p amaldan yaxshidir. Shu sabab amallaringiz -xoh ko'p bo'lsin yo oz bo'lsin- payg'ambarlar manhaji va sunnatlariga muvofiq bo'lishiga qattiq e'tibor qaratinglar". ("Sharh Usul E'tiqod Ahli Sunna val Jamoa"-1/54, "Talbis Iblis"-1/44, Ibn Abu Shayba-7/224)
Abul Oliya rohimahulloh shunday dedilar:
" Islomni o'qib-o'rganinglar. O'rganganingizdan (keyin esa), undan (o'zingizni) olib qochmanglar. Sirotul mustaqimni lozim tutinglar. Chunki u Islomdir. Islomdan o'ng tarafga ham, chap tarafga ham og'ishmanglar.
Payg'ambaringizning Sunnati va shu sunnatga muvofiq bo'lmish sahobalarning yo'lini lozim tutinglar. Odamlar orasida kek-adovat tarqalishiga sabab bo'ladigan (dalilga asoslanmagan) quruq ra'ylarni tashlanglar". ("Sharh Usul E'tiqod"-1/58, Marvaziy "Sunna"da zikr qilganlar-8, Ajuriy esa "Sharia"da-19)
Avzoiy rohimahulloh dedilar
:" Sunnatga muvofiq (bo'lish uchun) nafsing (vasvasasiga) sabr qil. Qavm (sahobalar) to'htagan joyda to'hta. Ular tiyilgan narsadan tiyil. Salafi-solihlaring yo'lidan yur. Chunki ularga yetgan narsa senga ham yetadi". ("Sharh Usul E'tiqod"-1/147, "Talbis Iblis"-1/53, Ajuriy "Sharia" da keltirdilar-2/673, Abu Na'im esa "Hilya"da-6/143).
Islom bu, -Barbahariy rohimahulloh "Sharh Sunna"ni 59-sahifasida aytganlaridek-:
" U Sunnatdir. Sunnat esa Islomdir. Birinchisi ikkinchisisiz qoim bo'lmaydi (oyoqqa turmaydi)".
Sunnat asoslari bu, -Imom Ahmad rohimahulloh "Usul Sunna"ni 25-sahifasida aytganlaridek-:
" Rosululloh sollollohu alayhi va sallamning sahobalari nimaning ustida bo'lishgan bo'lsalar, o'shani mahkam ushlashlik va unga ergashishlik. Bid'atlarni tark etishlik, chunki har bir bid'at zalolatdir. Shuningdek ixtiloflarni va o'z havosiga ergashuvchilarni tark etishlik. Dinga oid ixtilof va tortishuvlarni tark qilishlikdir".
Bag'aviy rohimahulloh "Sharh Sunna" (1/214)da ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:
" Kimki biror yo'lni mahkam tutmoqchi bo'lsa, o'lganlarni yo'lini mahkam tutsin. Ular esa Muhammad sollollohu alayhi va sallamning sahobalaridir. Ular bu ummatning yaxshisi, qalblari eng poki, ilmlari eng chuquri, (o'zgalarga biror yuk yuklashda) eng ozrog'idirlar. Ular shunday qavm edilarki, Alloh taolo ularni payg'ambari sollollohu alayhi va sallamga hamroh bo'lishga va dinini (keyingi avlodga) yetkazishlikka tanlab oldi. Bas ularning odob-axloqlari va yo'llariga ergashinglar. Ular to'g'ri yo'lda edilar".
Darhaqiqat Nabiy sollollohu alayhi va sallam najot topuvchi firqa haqida so'raldilar va uni zikr qilganlarida, u kishi sollollohu alayhi va sallamga, kim ular?, deyildi. Shunda aytdilarki:
" Men va sahobalarim yo'lida bo'lganlar".
Demak shu payg'ambar manhajidir. Bu sahobalar roziyallohu anhum va ularga go'zallik bilan ergashgan zotlardan iborat salaf-solihlarning manhajidir.
Salafiy manhaji eng yengil va eng oson ibora bilan aytadigan bo'lsak: U oldinga ham, orqaga ham faqat dalil asosida qadam tashlaydigan manhajdir. U shar'iy ochiq hujjat asosidagina biror narsani qabul qiladigan yoki tark etadigan manjhajdir. U shariatga muvofiq kelmaydigan birorta ham rayga taslim bo'lmaydigan manhajdir. Kitobu-Sunnatdan hujjat bo'lmagan biror xayoliy qarashlar yoki topilmalar (tushimda unday ko'rdim, ko'zimga bunday ko'rindi qabilidagi gaplar)ga iqror bo'lmaydigan manhajdir.
Qisqa qilib aytganda, salafiy manhaji bu, so'zlarning eng yaxshisi bo'lmish Alloh taoloning Kitobidan biror so'zni muqaddam qo'ymaydi. Va yo'llarning eng yaxshisi bo'lmish Muhammad sollollohu alayhi va sallamning yo'llaridan bosh biror yo'lni afzal deb bilmaydi.
Bu manhaj (dalilsiz quruq) havoi-nafsga ergashishdan batamom pok bo'lgan, adolat va haq ustiga qurilgan, g'uluvga ketish va sovuqqonlik, kamchilikka yo'l qo'yish va oshirib yuborish orasidan boruvchi o'rta manhajdir. Bu manhaj, Islom millati avval o'tgan millatlar orasida qanday o'rin tutgan bo'lsa, Islom millati ichida shunday o'rin tutgan ahli sunna val jamoaning yo'lidir.
Bu manhaj Allohning elchisi Muhammad sollollohu alayhi va sallam olib kelgan dinning haqiqatidir.
" Alloh taolo Muhammad sollollohu alayhi va sallamni qolgan barcha payg'ambarlar va elchilar orasida o'ziga xos bo'lgan bir necha xususiyatlar bilan xoslab qo'ydi. U kishi sollollohu alayhi va sallamga (o'ziga xos) shariat va manhaj tayin qilib berdi. Bu shariatlarning eng afzali va manhajlarning eng mukammalidir.
Huddi shunday, Alloh taolo u kishi sollollohu alayhi va sallamning ummatlarini, odamlar uchun chiqarilgan ummatlarni eng yaxshisi qilib qo'ydi. Bu ummat (o'zidan oldin o'tgan) yetmishta ummat o'rnini bosadi. Bu ummat, ummatlarning eng yaxshisi va turli jinsdagi barcha ummatlar ichida Allohga eng mukarramidir. Alloh taolo bu ummatni O'zining Kitobi va elchisi bilan, oldingilar haq qaysi ekan deb ixtilof qilib yurishgan narsalarida to'g'ri yo'lga yo'llab qo'ydi. Va Alloh taolo bu ummatni eng yaxshi, adolatli o'rta ummat qildi.
Bu ummat Allohni yakka deb bilishda, Allohning Ismi va Sifatlarida, elchilarga iymon keltirish masalasida, halol-harom va buyruq-qaytariqdan iborat dindagi ko'rsatmalarda ham o'rta yo'lni tutgan ummatdir.
Alloh taolo ularni yaxshilikka buyurdi, yomonlikdan qaytardi, ular uchun pok narsalarni halol qilib berdi, jirkanch narsalarni harom qildi. Ularga Yahudiylarga harom qilganidek, pokiza narsalardan birortasini ham harom qilgani yo'q. Va yana Nasroniylar o'zlariga halol qilib olishganidek, jirkanch narsalardan birortasini ham halol qilib bergani yo'q.
Alloh taolo ularga (bu ummatga) Yahudiylarga tor qilib bergandek, poklik va najosat bobida tor qilmadi. Hamda Nasroniylar o'zlaridan soqit qilganlaridek, Alloh taolo bu ummatdan jirkachlik va nopoklikdan poklanishni soqit qilmadi. Nasroniylar junublikdan poklanishni, namozga tahorat olishni va namozda najosatdan chetlashishni vojib deb bilmaydilar. Balki ibodatgo'ylarini ko'pchiligi najosatga bevosita tegib turishlikni, Allohga yaqinlik hosil qilish va toat qilish turlaridan deb hisoblaydi. Hatto rohiblarini fazilatli tomonlari sanab o'tilganda aytilgan ekanki:" Bu kishiga, mana qirq yildirki suv tegmagan"!! Shu sababli hatna qilishni ham tark etishdi. Holbuki bu (hatna qilish) Allohning Halili Ibrohim alayhissalotu va sallam va u kishiga ergashganlarni shariati edi.
Yahudiylarda esa, ayol kishi hayz ko'radigan bo'lsa, bir joyda o'tirib yeb-ichishmaydi. Hatto u ayol bilan bir uyda ham o'tirishmaydi. Nasroniylar esa (aksincha), hayz ko'rgan ayolga yaqinlik qilishni umuman harom deb bilmaydilar.
Yahudiylar najosatdan poklanish degan narsani bilmaydilar. Ulardan biror kishining kiyimiga najosat tegadigan bo'lsa, (bir yo'la) qaychini olib (kiyimning o'sha qismini) kesib tashlaydi. Nasroniylar esa (aksincha), ularda yeyishlik harom bo'lgan va namozni harom qiladigan biror najosat yo'q.
Musulmonlar, huddi shunday shariatda ham o'rta yo'lni tutadilar. Yahudiylar qilganidek, bekor (mansux) qilingan shar'iy qoidalar deb, bekor qiluvchi (nosih) shar'iy qoidalarni inkor qilmaydilar. Shariatda muhkam bo'lgan (ikki hil ma'noda tushunilmaydigan aniq-ravshan ko'rsatamlar)ni o'zgartirmaydilar. Yahudiylar qilganidek va shu bilan birga Alloh izn bermaganidek shariatda yangi narsa o'ylab chiqarmaydilar. Nasorolar g'uluvga ketganidek, payg'ambarlar va solih kishilarning haqqida g'uluvga ketmaydilar. Yahudiylarning beadabligi kabi, u zotlarning haqlarini oyoqosti ham qilmaydilar. Yahudiylarning ko'rnamakliklari kabi, Xoliq subhanahu va taoloni faqirlik, baxillik va (bir ishni qilishdan) ojiz qolishlikdan iborat ayblar, nuqsonliklar va maxluqlarning xususiyatlari bilan sifatlangan deb e'tiqod qilmaydilar. Nasorolarning ko'rnamakliklari kabi, maxluqni Xoliq subhanahu va taoloning xususiyatlari bilan sifatlangan deb e'tiqod qo'ymaydilar. Chunki Xoliq subhanahu va taoloning sifatlarida, Unga o'xshash biror narsa yo'qdir. Yahudiylarning noo'rin jur'atlari kabi Allohga ibodat qilishdan kibr qilmaydilar. Hamda Nasroniylarning pastkashligi kabi Allohga ibodat qilishda, Unga biror kishini sherik qilmaydilar.
Islom millati oldingi millatlar o'rtasida qanday o'rin tutgan bo'lsa, Ahli sunna val jamoa Islom millatida shuday o'rin tutadi. Ahli sunna val jamoa Allohning Sifatlari bobida (Allohni ism-sifatlarini) inkor qiladigan hamda (Alloh taoloni, O'zini Ismi-Sifatlari bilan) sifatlamaydiganlar hamda (Allohni maxluqotlariga) o'xshatib, tamsil qiladiganlarni yo'lini qo'yib, o'rta yo'lni tutgandir. Ular Allohni, Alloh taolo O'zini sifatlagandek va elchilari Allohni sifatlagandek sifatlaydilar. (Shu tariqa sifatlash davomida) (Allohni O'zining Sifatlaridan) holiy deb bilmaydilar va (Allohni sifatlashda maxluqotlariga) o'xshatmaydilar. Balki mukammal sifatlarni Allohga isbot qiladilar va bu sifatlarda Allohni sherigi yoki o'xshashi bo'lishdan Allohni poklaydilar.
Demak (Allohning sifatlarini bandalarining sifatiga o'xshatmagan holatda) isbot qilish hamda ( Allohning Sifatlarini, Alloh bu sifatlar bilan sifatlanmagan) deb aytmasdan (Allohni barcha aybu-nuqsonlardan) poklashdir:" Unga o'xshash biror narsa yo'q" (oyatning bu qismi) (Allohni maxluqotlariga) o'xshatuvchilar uchun raddiya bo'lsa, "Va U Eshituvchi, Ko'ruvchidir".(Shuro:11) qismi esa (Allohni O'zining sifatlari bilan sifatlanishini) inkor qiluvchilarga raddiyadir.
Alloh taolo shunday dedi:" Ayt: U Alloh yagonadir. Alloh (mukammal sifatlarni O'zida lozim tutuvchi) Egadir. U tug'magan va tug'ilmagan. Va unga hech kim teng bo'lmagan". (Ixlos: 1-4)
Oyatdagi "Somad"ning ma'nosi: mukammal sifatlarni O'zida lozim tutuvchi Sayyid (Ega) manosidadir.
"Ahad"ning ma'nosi esa: Unga o'xshash va Unga tengdosh yo'q bo'lgan Zotdir manosida.
Ahli Sunna val Jamoa Alloh azza va jallaning ishlari bobida ham, taqdirni yolg'on deb biladigan Mo'tazilalar va Allohning (belgilab qo'ygan) taqdirini (hujjat qilib) Allohning buyruq va qaytariqlariga, savobi va jazosiga qarshi chiquvchi, Allohning hikmati, rahmati va adolatini inkor qiluvchi Jabariylar yo'lini qo'yib, o'rta yo'lni tutgandir.
Ular yana (Alloh taolo solih amallar qilgan zotlarni jannatiga dohil qilishi haqida kelgan) va'da va (Alloh taologa itoatsizlik qilgan kimsalar jahannamga kirishi haqida kelgan) qo'rqituv boblarida ham o'rta yo'lni tutganlar. Demak Ahli Sunna val Jamoa Allohga itoatsizlik qiluvchi musulmonlarni jahannamda abadiy qoladi deb faqat (Allohni jahannam bilan qo'rqitgan oyatlarini) ilgari suradiganlar va (Allohning itoatsizlik qiluvchilarga jahannam bilan ogohlantirgan) qo'rqituv oyatlarining ba'zisini hamda Alloh taolo yaxshilik qiluvchi zotlarni fojirlar ustidan afzal qilgan fazilatlarini inkor qiladigan murjialarni qo'yib, o'rta yo'lni tutuvchi kishilardir.
Ular yana Rosulullloh sollollohu alayhi va sallamning sahobalari haqida ham, sahobalarni ba'zilari haqida iloh, payg'ambar va xatodan ma'sum deydigan haddan oshuvchilar va sahobalar bu ummatni eng afzallari bo'lishiga qaramasdan ularni kofirlikda yoki fosiqlikda ayblaydigan nonko'rlar yo'lini qo'yib o'rta yo'lni tutgan kishilardir.
Alloh subhanahu va taolo Muhammad sollollohu alayhi va sallamni odamlarga rahmat qilib jo'natdi. Alloh taolo u kishi sollollohu alayhi va sallamni (insu-jinga) ne'mat qilib berdi. Bundan ham katta ne'mat bormi?! Alloh taolo shunday deydi:” Biz seni faqat olamlarga rahmat qilib yubordik”. (Anbiyo:107). Va yana shunday deydi:” Allohning ne'matini kufrga almashtirganlarni ko'rmadingmi”.(Ibrohim:28). Ular esa Muhammad sollollohu alayhi va sallamga iymon keltirishmadi. Holbuki u kishi sollollohu alayhi va sallamni (insoniyatga) jo'natilishlari, Alloh taolo bandalariga bergan ne'matlari ichida eng ulkan ne'matidir.
Alloh taolo u kishi sollollohu alayhi va sallamning ummatlariga payg'ambarlarning ohirgisini, muttaqinlarning imomini, jamiyki bashariyyatning sayyidini, boshqa payg'ambarlar orasida bir necha fazilatlar berib siylagan so'nggi elchisini (jo'natishlik) bilan O'zining ne'matini jam qilib berdi. Alloh taolo payg'ambariga bergan fazilat sabab bu ummatga ham fazilatni ziyoda qilib berdi. Balki ularga O'zining rahmatini ikki hissa oshirib berdi. Alloh taolo aytadiki:” Ey iymon keltirgan zotlar, Allohdan qo'rqinglar va Uning payg'ambariga iymon keltiringlar. (Shunda) U Zot sizlarga O'z rahmatidan ikki hissa ato etur va sizlar uchun (Qiyomat kunida oldilaringizda) yuradigan nur (paydo) qilur hamda sizlarni mag'firat qilur. Alloh Mag'firatli, Mehribondir. Ahli Kitob o'zlari Allohning fazlu marhamatidan biron narsaga (yetishga) qodir bo'la olmasliklarini va fazlu marhamat Allohning Qo'lida bo'lib, uni faqat O'zi hohlagan kishilarga ato etishini bilishlari uchun (Alloh ularga yuqoridagi hukmlarni bayon qildi). Alloh ulug' fazlu marhamat Sohibidir”. (Hadid:28-29). (Shayxul Islom ibn Taymiyyani “Aljavab as-Sohih” (1/14) kitoblaridan olindi).
Ahli Sunna haddan oshganlarning dinda qilgan o'zgartirishlarini rad etadilar. Bu esa dalilsiz qaysarlarcha ko'r-ko'rona (biror shaxsga) ergashishdir. Yana ular botil yo'ldagilarni to'g'ri yo'ldan og'ishishlarini ham rad etadilar. Bu esa aqlni naqldan ustun qo'yib, havoi-nafsga ergashishdir. Ahli Sunna johillarning ta'villarini ham rad etadilar. Bu esa shar'iy asoslar va mana shu shar'iy asoslar dalolat qilayotgan manolarni bilmaslikdir.
Demak shu payg'ambar manhajidir.
Bu manhaj ochiq-oydin va zohir bo'lib turishiga qaramasdan, odamlar bu yo'ldan og'ishishdi va bu manhajga zid keladigan boshqa yo'llarni ushlashdi.
Salafiy manhaji Ktobu-Sunnatni salafi-solihlar tushungandek tushunishni lozim tutadi. Aqlni naqldan muqaddam qo'ymaydi. Sog'lom aql ko'taradigan ochiq-oydin masalalarni sahih yo'lga ko'ra kelgan asarga muvofiq kelishligini qat'an ta'kidlaydi. Shariat va haqiqat hamda ilm va amal orasini aslo ajratmaydi. Bu manhajdan yurganlar nazdida Kitobu-Sunnatda -salaflarning tushunchasi va tafsirlari bilan tushunish sharti bilan- yaxshilikni barcha boblariga yetish uchun yetarli bo'lgan yo'llanma va rushdu-hidoyat bor degan o'zgarmas aniq-ishonch bor.
Payg'ambar manhaji bu, najot topuvchi firqa va Alloh tomonidan nusrat ato etilgan toifaning manhajidir. Bu manhaj bir necha asoslar ustiga qurilgandir: Kitobu-Sunnatga sahobalar va ularga go'zallik bilan ergashgan zotlarni tushunchasi bilan qaytish. Alloh azza va jallani tavhidiga, amalni sherigi yo'q bo'lgan yolg'iz Alloh uchun xolis ado etishga da'vat qilish. Odamlarni shirkning barcha turlari va ko'rinishlaridan ogohlantirish. Ergashishni xatodan ma'sum bo'lgan Nabiy sollollohu alayhi va sallamgagina yo'naltirishga chaqirish. Shaxslarga taqlid qilish va havoi-nafsga ergashishni tashlash. Bid'atdan chetda bo'lish, uning zohiriy va botiniy ko'rinishlaridan pok bo'lish. Shu bilan birga ahli-havodan uzoq bo'lish va ularga barcha o'rinlarda, qo'ldan kelgancha qarshi turish. Foydali ilmni o'zining olinadigan o'rinlari (ulamolarning huzurlarida)dan talab qilish. Hidoyatga ergashadigan, havoi-nafsga ergashishdan uzoq yuradigan, Kitobu-Sunnatni salafi-solihlarning tushunchasi bilan tushunadigan ulamolarni qadriga yetish.
Yana payg'ambar manhajining asoslaridandir (mana bular): Iymon va kufr, iymon keltirgan va (hukmdordan) omonlik so'rab (islom diyorlarida yurgan kofirlar)ni qonini to'kmaslik, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarish, xoh talab bo'lsin yoki himoyalanish bo'lsin, Alloh yo'lida jihod qilish, boshqaruv va bay'at, jamoatni lozim tutish, hukmdorlar bilan muomala qilish, al-vala va al-baro (Alloh uchun do'st tutish va Alloh uchun bezor bo'lish) masalalarida sahobalarning o'gitlarini mahkam tutishdir.
Payg'ambar manhajining asoslaridandir: shaxslarga ko'r-ko'rona ergashish va guruhbozlik qilishni tark etish, oliy xulqlar va go'zal amallarni mahkam ushlash.
Ahli Sunna val Jamoa yuqorida o'tgan va undan boshqa, aytayotgan har-bir so'zlari hamda qilayotgan barcha ishlarida, Kitobu-Sunnatga ergashgandirlar. Ularning yo'llari Alloh taolo Muhammad sollollohu alayhi vasallam bilan jo'natgan Islom dinidir. Demak mana shu yuqorida o'tganlar Ahli Sunnaning asoslaridir.
Ularning nazdida, har-bir zamon va muayyan o'rinlarda bu asoslarni ado etadigan zotlar bo'ladi. Har qancha masofa uzoq bo'lmasin (muayyan o'rinda) va har qancha zamonlar almashmasin (har-bir zamonda) (bu asoslarni ado etadiganlar bo'ladi). Ular biror bir asrdagi voqelikdan yoki biror bir xalqning urf-odatlaridan ta'sirlanmaydilar. Chunki bu yo'l bularning barchasini ustidan ustun kelib, hukm chiqaruvchidir. Bu ko'rsatmalar faqat, Allohni Rob deb, Islomni din deb, Muhammad sollollohu alayhi va sallamni payg'ambar deb rozi bo'lgan va mana (shu rozi bo'lishlik) taqozo qiladigan ilmu-amal va (Rosululloh sollollohu alayhi va sallamgagina) ergashishni to'g'ri deb bilib, xoh katta yoki kichik bo'lsin din va dunyo ishlarini barchasida shu asoslarni lozim tutadigan kishi e'tiqodida haqqirost o'z aksini topadi.
Demak ushbu dalillar asosidagi fitriy qoidalar Rabboniy manhaj asoslari bo'lar ekan, to'g'ri yo'ldan og'ishib, zalolatga yuz tutgan kimsalar (bu asoslarni e'tibordan qochirib) ortlariga uloqtirdilar. Bu yo'lni ushlaganlarni masxara qildilar. O'zlari uchun esa qosir va hayolparas aqllariga mos keladigan egri-bugri yo'llar va asoslar tuzib oldilar. Natijada dindagi oson ishni qiyinga, aniq-ravshan masalani muammoga, yaqinni esa uzoqqa aylantirdilar. Maqsadga erishish uchun amalga oshmaydigan shartlar qo'ydilar. Sog'lom fitratga to'g'ri kelmaydigan ishlar qilishdi. Alal oqibat, o'rta yo'lni tutadigan, oson, aqlga ham dunyoqarashga ham salohiyat olib kiradigan va (shirkni qo'yib tavhidga moyil bo'lgan Ibrohim alayhissalom) millatlari bo'lmish fitriy dindan xabari yo'q bo'lgan kimsa, o'zlari ham hayron qolgan va o'zgalarni ham hayratga soladigan mana bu bid'atchilar olib kelgan yo'l Muhammad sollollohu alayhi va sallamning dini ekan degan gumonga borib qoldi.
Allohning elchisi Muhammad sollollohu alayhi va sallam olib kelgan yo'l qayda qoldi-yu, ular qayga qarab ketdi?!
(Fitratga zid ish tutganlari sabab) Nafsiy qiynalishlari, o'zaro kelisholmasliklari, (odamlarga din haqiqatini boshqa suratlarda) namoyon qilishlari va asoslarni chalkashtirib yuborishlari haq manhajga qarshi borishga olib keldi. Holbuki bu haq manhaj, barcha elchilar va xossatan Rosululloh sollollohu alayhi va sallam olib kelgan yo'l edi.
So'ng bu (fitratga zid ish tutganlari sabab) nafsiy qiynalishlari, o'zaro kelisholmasliklari, (odamlarga din haqiqatini boshqa suratlarda) namoyon qilishlari va asoslarni chalkashtirib yuborishlari o'rtalaridan haq manhajni ko'tarilishiga olib keldi. Balki bundan ham xatarliroq narsaga, aynan payg'ambarlarning manhajiga yomon gumon bilan qarashga olib keldi.
(davomi bor)