Pages (2): 1 2   
Abbos   04-08-2012, 07:11 PM
#1

Taysirul Allam Umdatul Ahkomning sharhi.
Muallif: Abdulloh bin Abdurrohman Ali Bassam.

Bismillahir rohmanir rohim
Alhamdulillah vassolatu vassalamu ala rosulillah, shunda so'ng

NAMOZ KITOBI


Namoz (arab tilida "solah") lug'atda – duo, chaqirish deganidir. Qozi Iyoz aytdilar: Bu ko'pchilik arab tili olimlarining va fuqaholarning so'zidir. Duoni – "Solah" deb nomlash arablarning jumlalarida ko'p uchraydi. Duo bilan namozning orasidagi aloqa qismandir, chunki duo namozning bir qismidir va duoni o'z ichiga olgan.

Sharitadagi ma'nosi: Takbir bilan boshlanib salom bilan yakunlanadigan, niyat bilan amalga oshiriladigan so'zlar va harakatlardir.

Besh vaqt namoz Islomning besh arkonlaridan biridir, balki ikki shahodat kalimalaridan so'ng eng muhimidir. Allohning kitobi, Sunnat va ijmo' bilan bilan sobit bo'lgan, kim unga qarshi chiqsa kofir bo'ladi.

Alloh subhanahu va taolo hukm qilguvchilarning eng buyugi ekanligi bilan namozni farz qildi. Uni barpo qilishlik bilan dunyo va oxirat barpo bo'ladi.
Namozni farzlari, shartlari va mukammal qiluvchilari bor bo'lgani kabi, uni botil qiluvchilari va nuqsonli qiladiganlari ham bor.

VAQTLAR BOBI


Vaqtlar – bu farz namozlari va boshqa namozlarni ado qilish uchun belgilangan zamon miqdorlaridir.

Farz namozining vaqti kirishi namozning shartlaridan ikkinchisidir. Namozning birinchi sharti poklikdir.


QIRQ TO'RTINCHI HADIS.


عَن أبِى عَمْرو الشَّيْباني -واسمه " سعد بن إياس "- قال: حدثني صَاحِـبُ هذا الدَّار -وَأشَار بيده إلى دار عبد بن مسعود- قال: سَألْتُ رَسُولَ الله صلى الله عليه وسلم أُيّ الأعمالِ أحـبُّ إِلى الله عزَّ وجل قال : " الصَّلاة عَلَى وَقْتِها ". قلت: ثم أيٌّ؟ قال " بِر الوالِدَين ". قلت: ثُمَّ أيٌّ؟ قالَ: " الْجِهَادُ في سبِيلِ الله ".
قال: حدثني بهن رسول الله صلى الله عليه وسلم، ولو استزدته لزادني.


Abu Amr Ash-Shayboniydan rivoyat qilinadi, u kishining ismi Sa'd ibn Iyosdir, aytadi: Bu hovlining egasi menga aytib berdi, deya Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhuning hovlisiga ishora qildi. (Abdulloh ibn Mas'ud) aytdilar: Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan so'radim: Alloh Azza va Jallaga amallarning qay biri eng suyumlidir?

Aytdilar: "O'z vaqtida o'qilgan namoz."

Aytdim: So'ngra qaysi?

Aytdilar: "Ota-onaga yaxshilik qilish."

Aytdim: So'ngra qaysi?

Aytdilar: "Alloh yo'lidagi kurash."

(Abdulloh) aytdilar: Bularni menga Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytib berdilar, agar ko'paytirishni so'raganimda albatta ko'paytirar edilar.


(Buxoriy-527, Muslim-139)


Hadisni lafzlarining ma'nosi.


O'z vaqtida o'qilgan namoz – farz namozlari ko'zda tutilgan, chunki namoz umumiy holda zikr qilinsa farz namozlariga taaluqli bo'ladi.


Hadisning umumlashtirilgan ma'nosi.


Ibn Mas'ud roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan Alloh uchun qilinadigan toat-ibodatlar haqida so'radilar, qay biri Alloh uchun eng suyumli? Amal Allohga qanchalik suyumli bo'lsa shunchalik savobi ko'proq bo'ladi.

Nabiy sollallohu alayhi vasllam aytdilar: Alloh taologa eng suyumli amal Alloh belgilagan vaqtida ado qilingan farz namozi. Chunki bunda Allohning chaqirig'iga shoshishlik bordir, Uning buyrug'iga bo'ynsinishlik va bu ulug' farz ibodatiga qattiq e'tibor berishlik bordir.

Ibn Mas'ud roziyallohu anhuning yaxshi amallarga intilishliklaridan, bitta savol bilan to'xtamadilar, balki Alloh taologa suyumli amallarning ikkinchi darajasi haqida ham so'radilar. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Ota-onaga yaxshilik qilish.

Birinchisi Allohning o'ziga xos bo'lgan haqqi edi. Bunisi esa ota-onaga xos bo'lgan haqqidir. Ota-onaning haqqi Allohning haqqidan so'ng keladi. Alloh taolo ota-onaning haqqi ulug'ligidan ularning haqlarini va ularga yaxshilik qilishni tavhiddan keyingi o'rinda Quron Karimning bir necha o'rinlarida zikr qiladi. Ular seni dunyoga kelishinga sabab bo'lganlari, seni tarbiya qilganlari va seni edirganlari uchun, senga ko'rsatishgan mehr va shafqatlari uchun ularning seni ustingda haqlari bordir. Ularga yaxshilik qilish ularning haqlarini ba'zisinigina ado qilishdir.

So'ngra Ibn Mas'ud roziyallohu anhu ikkinchi darajada chegaralanib, baxillik qilmasdan buyuk amallarning silsilasini so'rashni davom ettirdilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Alloh yo'lidagi kurash. Albatta bu Islom o'rkachining cho'qqisidir va uning ustunidir. Islom u bilangina barpo bo'ladi, Allohning kalimasi u bilan oliy bo'ladi va Allohning dini tarqaladi.

Uni tark qilishlik Islomni buzushdir, Islom ahlini xorlash, ularning izzatini ketkazish, mulklarini talon-taroj qilish, hukumronliklarini va davlatlarini yo'q qilish, Alloh bizni bundan saqlasin.

Bu har bir musulmon uchun farzdir. Kimki g'azot qilmasa yoki o'zini bunga tayyorlamasa nifoqning bir bo'laklaridan birida vafot topadi.


Hadisdan olinadigan foydalar.


1. Alloh taolo uchun amallarning eng suyumlisi o'z vaqtida o'qilgan namozlar, so'ng ota-onaga yaxshilik qilish, so'ng Alloh yo'lidagi jihod. Bu amallar, insonda iymon bo'lganidan keyingi eng yaxshi amallar. Iymon asosdir ibodatlar esa uning bo'laklaridir.

2. Bu savollarda badaniy amallar haqida so'ralgan, chunki javob namoz, ota-onaga yaxshilik qilish va jihod haqida bo'ldi. Savolda ham, javobda ham qalb amallari haqida biror so'z aytilmadi, qalb amallarining ulug'i iymondir.

3. Amallar fazilat jihatidan bir xil darajada emas, balki Alloh taologa yaqinlashtirishi jihatidan va manfaatli ekanligidan tafovutlidir. Abdulloh ibn Mas'ud roziallohu anhu eng muhimlari haqida so'radilar.

4. Amallar Alloh ularni yaxshi ko'rishligi bilan xar turli darajada bo'ladi.

5. Bu hadisda Alloh taoloning muhabbat sifatini isboti bor, O'zining ulug'ligiga loyiq holda isbot qilamiz.

6. Ilm haqida savol berishning fazilati, hususan muhim narsalar haqida so'rash. Bunday savol katta manfaat ifoda etadi.

7. Ba'zi savollarni ma'lum sabablarga ko'ra tark qilish. Sabablardan,
so'ralayotgan kishini bezovta qilishdan qo'rqish va undan haybat qilishlik.
Foydalar.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam eng yaxshi amallar haqida (boshqa hadislarda ham kelganidek) bir necha bor so'ralganlar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam bu savollarga holatga ko'ra va so'rovchiga foyda keltiradigan holda turlicha javob berganlar. Shuning uchun ba'zida aytganlar: Avvalgi vaqtida o'qilgan namoz, yana bir safar: Alloh yo'lidagi jihod, yana bir safar sadaqa, deganlar. Bu javoblar so'rovchining holatiga ko'ra turlicha bo'lgan. (Rosululloh sollohu alayhi vasallam bir xil savolga turlicha berishlarini ulamolar bir necha sabablarini aytishadi. Shulardan biri so'rovchining holatiga qarab, u uchun eng zarur bo'lgan narsani aytganlar. Yana biri: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam bir safar faqat badaniy ibodatlarning eng afzalini aytgan bo'lsalar, boshqa safar ado qilinishi kerak bo'lgan huquqlarning eng muhimlarini aytganlar, va hakazo…).

Shak-shubhasiz bu javoblar hikmat va haqdir. Bunday hadislar amal qilishni va umumiy yaxshiliklarni bilishni hoxlagan odam uchun. Albatta Islom dini o'z ahkomlari va amallari bilan voqe'lik dinidir. (ya'ni: insonlarga voqe'-holatlariga qarab foyda keltiradi). Shuning uchun amallar orasidagi farqlash shu asosga qurilgan bo'lishi lozim. (afzallik holatga qarab turli bo'lishi mumkin).

Albatta har bir inson uchun solih amal borki, u faqat shu bilangina najot topadi. Uni shunga yo'llab qo'yish kerak. Huddi shunday vaqt ham turlicha bo'ladi. Ba'zida sadaqa qilish boshqa amallardan afzal bo'ladi. Masalan ocharchilik va qattiq ehtiyoj vaqtida. Ba'zida shar'iy ilmga ehtiyoj bo'lganida va insonlar undan uzoqlashganlarida ilm o'rganish eng foydali amal bo'ladi.
Huddi shunday kundalik va tunda bajariladigan ibodatlar ham turlicha. Ba'zi soatlarda istig'for va tavba Quron qiroatidan afzal bo'ladi. Ba'zi soatlarda esa namoz o'qish afzal bo'ladi.
This post was last modified: 04-10-2012, 06:36 PM by Abbos.
Abbos   04-10-2012, 06:49 PM
#2

QIRQ BESHINCHI HADIS


عن عَائشَةَ قالت: لقَدْ كَانَ النبي صلى الله عليه وسلم يصلَيِ الْفجر فَتَشْهَد مَعَهُ نسَاء من الْمُؤْمنَات متَلَفعاتٍ بِمُروطِهِن، ثمَ يرجعن إِلَى بُيُوتِهـنَّ مَا يَعْرِفُهُنَّ أحَدٌ من الْغَلَسِ.

Oisha roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, aytdilar: Nabiy sollallohu alayhi vasallam bomdod namozini ado qilganlarida ayollar o'z yopinchiqlariga o'ralgan holda u kishi bilan bomdod namozida ishtrok etishardi. So'ngra uylariga qaytardilar, g'ira-shiralikdan ularni biror kishi tanimasdi.

(Maqdisiy) aytdilar: Yopinchiqlar shoyidan bo'lib, chiziqlari yoki boshqa bir belgilari bo'lgan kiyimdir. Jundan ham bo'lishi mumkin.

O'ralgan – y'ani ustilaridan yopingan. G'ira-shiralik bu tongning yorug'ligi bilan tunning qorong'usi aralashgan vaqt. (ammo qorong'ulik ko'proq bo'lgan vaqt).

(Sahobalar va ularning ayollarini solih amallarga qanchalik haris ekanlarini ko'rishimiz mumkin. Yana, ular Dinda amal va ilmga e'tibor bilan qattiq ahamiyat berishganini dalolati: Huddiki, Oisha roziyallohu anho aytmoqdalar: Agar u ayollarni biron inson taniy qoladigan bo'lganida edi, ular masjidga chiqishmasdi.)

Hadisni lafzlarining ma'nosi.

1. Yopinchiqlar ranglar bilan chiziqli tikilgan kiyim, ba'zilar aytishdiki: bu to'rtburchak shaklidagi belgilari bor kiyimdir.

2. O'ralganlar – ya'ni yopinganlar, badanlarini va boshlarini yopganlar.

Hadisning ma'nosi.

Oisha roziyallohu anho sahibiya ayollar yopinchiqlariga o'ranarganlarini va Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan bomdod namozida ishtrok etishganlarini aytdilar. Yorug'lik qorong'ulik bilan qorishgan vaqtda ular namozdan keyin uylariga qaytardilar. Ularga qaragan odam esa qorong'ulikning kuchliligidan ularni tanimasdi.

Ulamolarning ixtilofi.

Ulamolar bomdod namozining afzal vaqti qaysi ekanligida ixtilof qilishdi, ya'ni turli fikrlar bildrishdi.

Hanafiylar yorishtirib ado qilishni afzal sanashdi. Mana bu hadisga asoslanishdi: "Bomdodni yorishtiringlar, buning ajri ko'proqdir", Termiziy aytdilar: hasan-sahih bo'lgan hadis.

Ko'pchilik ulamolar, shular jumlasidan uchta mazhab imomlari ham g'ira-shira vaqtda (ya'ni qorong'ulik ko'proq bo'lgan vaqtda) ado qilish afzal deyishdi. Bunga dalolat qiladigan ko'p hadislarga asoslanishdi. O'rganayotgan hadisimiz shular jumlasidan.

"Bomdodni yorishtiringlar…" hadisiga turli javoblarni berishdi, shulardan quyidagi ikki javob eng yaxshilar:

1. Ehtimol yorishtirib ado qilishdan murod fajr vaqtini krishiga ishonch hosil qilish bo'lgan, odamlar shosholib bomdodni tunning oxirgi qismida ado qilib qo'ymasinlar. Ajri ko'proq deyishlikdan murod esa, ajri ko'p ma'nosida, ortirma darajada emas. Bunga o'xshagan rivoyatlar ko'p, orttirma daraja kelgan "ko'proq" lafzi ziyodaroqligiga dalolat qilmaydi.

2. Ehtimol yorishtirishdan murod namozdagi qiroatni uzoq qilishga dalolat qiladi. Bu amal mustahabdir, ya'ni savbliroqdir. Kun yorishgandagina namozni tugatinglar, ma'nosida.

Hadisdan olinadigan foydalar.

1. Bomdod namozini avvalgi vaqtida ado qilishga shoshishni savobliroq ekanligi.

2. Ayollarni erkaklar bilan namozda ishtrok etish uchun masjidlarga kelishlarini joizligi. Fitnadan salomat bo'lishlik va ayollar o'z ziynatlarini ko'rsatmasliklari sharti bilan ishtrok etishlari joiz. (Ayollar fitnadan o'zlari salomat bo'lishlari va boshqalarni fitnaga solmasliklari sharti bilan).

3. (Yana bir shart, ayollar erlarining va farzandlarining oldidagi vazifalarini ado qilishlari sharti bilan masjidlarga borishlari joiz.)

Abbos   04-13-2012, 05:31 PM
#3

QIRQ OLTINCHI HADIS.

عن جَابِرِ بْنِ عَبْدِ الله رضِي الله عَنْهُمَا قال: كَان النَّبيُ صَلَى الله عَلَيْةِ وسَلَمَ يُصَلى الظهْرَ بالْهَاجرَةِ، وَالعَصْرَ، والشمس نَقِية، وَالمغْرِبَ إِذَا وَجَبَتْ، وَالعشَاءَ أحياناً وأحْيَاناً . إِذا رَآهُمُ اجْتَمَعُوا عجَّلَ وَإذا رآهُم أبْطَئُوا أخَرَ، والصبْحُ كَانَ النبي صَلَّى الله عَلَيْهِ وسَلَّمَ يُصَليهَا بِغَلَس.

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi, aytadilar: Nabiy sollallohu alayhi vasallam peshin namozini qoq peshin vaqtida o'qirdilar, asrni quyosh tiniq bo'lganida o'qirdilar, shom namozini vaqti kirishi bilan o'qirdilar, hufotnni ba'zida ertaroq va ba'zida kechroq o'qirdilar. Odamlar jamlanganini ko'rsalar hufton namozini tezlashtirardlar, agar odamlar jamlanishda sekin harakat qilayotganini ko'rsalar kechiktirar edilar. Bomdod namozini esa Nabiy sollallohu alayhi vasallam tuninng g'ira-shirasida ado qilar edilar. (Abu Dovud-424, Termiziy-154, Nasoiy-548, Ibn Mojjah-672, Ahmad-23124, Buxoriy-560, Muslim-646)

Hadisni lafzlarining ma'nosi.

1. Qoq peshin vaqti – Quyosh tikkadan og'ganidagi eng issiq vaqtdir. Odamlar bu paytda kunning issig'idan ishlarini tashlab panaga berkinadilar.

2. Tiniq – Quyoshning sof vaqti, biror sariqlik va o'zgarish krimagan vaqti. (ya'ni asrning avvalgi vaqti).

3. Vaqti kirishi bilan – Quyosh botishi bilan, ko'zdan g'oyib bo'lishi bilan Shom namozining vaqti kiradi. (ufuqga botishi bilan, buni dengiz ortiga botgan Quyoshda aniq ko'rsa bo'ladi).

4. G'ira-shiralik – Tunning qorong'uligi kunning yorug'ligi bilan qorishayotgan vaqt. (qorong'ulik yorug'likdan ko'proq bo'ladi).

Hadisning ma'nosi.

Bu hadisda besh vaqt namozni ado qilishning afzal vaqtlari bayon qilingan.

Peshin namozi: Quyosh osmonning o'rtasidan bir oz og'ganida ado qilinadi. (Bu namoz Islomda birinchi kunda o'qiladigan namozlarning birinchisi).

Asr namozi: Quyosh tiniq oq bo'lgan vaqtida, unga botish alomati bo'lgan sariqlik aralashmagan vaqtda ado qilinadi. Asrni kirish vaqti har bir narsaning soyasi Quyosh tikkaga kelgandagi soyadan tashqari bir barobar miqdoricha bo'lganida. (Quyosh tikkaga kelganida tayoqning soyasi bor bo'lsa, asr vaqtining kirirshi: Quyosh tikkadagi soyaga tayoqning bir barobar soyasi qo'shilgan vaqti asr vaqtidir. Agar Quyosh tikkaga kelganida tayoqning soyasi bo'lmasa, asr vaqti tayoqning soyasi bir barobar bo'lganida kiradi).

Shom namozi: Quyosh botish yerida g'oyib bo'lganida o'qiladi.

Hufton namozi: Namozxonlarning holatiga rioya qilib ado qilinadi. Agar avvalgi vaqtida jamlanishsa o'sha vaqtda o'qishadi. Hufton namozining kirish vaqti: qizil shafaqning yo'q bo'lishi. Agar odamlar to'planishmasa tuning yarmigacha kechiktirardilar. Agar mashaqqat bo'lmasa mana shu hufton namozining eng afzal vaqtidir.

Bomdod namozi: Yorug'lik qo'rong'ulikka aralashishni boshlagan avvalgi vaqtida bomdod namozi ado qilinadi.

Foyda.

Bu hadisdan peshin namozini har doim shoshilib avvalgi vaqtida ado qilish afzalligi tushuniladi. Ammo Abu Hurayraning hadislari esa xos holatdir: "Issiqlik kuchaysa namozni sovuqroq muhlatga kechiktiringlar, albatta issiqning qattiqligi do'zaxning nafasidandir". (Muttafaqun alayh – ya'ni Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan). (Ba'zida peshin namozi devorlarning soyasi paydo bo'lguniga qardar kechiktirilardi. Odamlar soyalarga berkinib namozga borishlari uchun. Kechiltirish taxminan yarim soatdan biroz ko'proq vaqtdir).

Jobir roziyallohu anhuning hadislarida esa: "Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga jazirama issiqdan shikoyat qildik, shikoyatimizni oqlamadilar". (Muslim rivoyatlari). Ya'ni, sahobalar peshin namozini kun biroz soviganda ado qilishni iltimos qilishdi, ularga ruxsat bermadilar. Buning sababi namoz vaqtini chiqib ketishidan qo'rqqanlaridan bo'lgan.

Hadisdan olinadigan foydalar.

1. Namozni avvalgi vaqtida ado qilish afzal. Hufton namozi esa bunday emas.

2. Hufton namozini kechiktirib o'qish afzal. Sahih hadislarda kelganidek kechiktirish vaqti tunning yarmigacha boradi. Agar insonlar hufton namoziga avvalgi vaqtida jamlanishsa ularni kuttirib qo'yish xavfi bo'lganidan namozni ertaroq o'qiladi.

3. Imom namozda namozxonlarning holatiga rioya qilishi afzaldir. Namozni mukammal qilgan holda uni yengil ado qilish, namozni odamlarga og'ir qilmagan holda uzun ado qilish afzal.

4. Hadisda bomdod namozini g'ira-shirada ado qilish lozimligiga dalil bordir. Bu yorishtirib ado qilish kerak deganlarga qarshi hujjatdir. Bu haqida yuqorida eslab o'tdik.

5. Hadisda namozni avvalgi vaqtida ado qilgandan ko'ra jamoat bilan ado qilish afzal ekanligiga dalil bordir. Buni hufton namozini jamoatning yig'ilishiga qarab ado qilinganida ko'rishimiz mumkin. (Chunki Rosululloh sollallohu alayhi vasallam namozni odamlar to'plangunlariga qadar kechiktirdilar).

6. (Odamlarni to'planishini rioya qilish shar'iy asoslardandir).

Abbos   04-15-2012, 06:55 PM
#4

QIRQ YETTINCHI HADIS.

عَنْ أبي الْمِنْهَالِ سَيَّارِ بْنِ سَلامَةَ قالَ: " دَخَلْتُ أنَا وَأبي عَلَى أبي بَرْزَةَ الأسْلَمِيِّ فَقَالَ لَهُ أبي: كَيْفَ كَانَ رَسُولُ الله صلى الله عليه وسلم يُصَلي الْمَكْتُوبَةَ؟
فَقَالَ: كَانَ يُصَلِّى الهاجرة الَّتي تَدْعُونَهَا الأوَلى، حِينَ تَدْحَضُ الشًمْسُ، وَيُصَلى الْعَصْرَ، ثُمّ يَرْجِعُ أحَدُنَا إِلى رَحْلِهِ في أقْصَى الْمَدِينَةِ وَالشًمْسُ حَيّة. وَنَسِيت مَا قَال في الْمَغْرِبِ وَكَانَ يَسْتَحِبُّ أنْ يُؤَخرَ مِنَ العشَاءِ التي تَدعُونَهَا الْعَتَمَةَ. وَكَانَ يَكْرَهُ النَوْمَ قبلَهَا وَاْلحدِيث بَعْدَهَا. وَكَان يَنْفَتِلُ مِنْ صَلاةِ اْلَغدَاةِ حِينَ يَعْرِفُ الرَجُلُ جَلِيسَهُ. وَكَانَ يَقْرأ بالستينَ إِلى الْمائَةِ ".

Abu Minhal Sayyor bin Salamadan rivoyat qilinadi, aytadi: "Men va otam Abu Barza Al-Aslamiyning oldiga kirdik. Otam unga dedi: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam yozilgan (farz) namozlarni qanday ado qilar edilar?
(Abu Barza) aytdilar: Birinchi deb sanalgan namoz-peshin namozini Nabiy sollallohu alayhi vasallam Quyosh (tikkadan) og'ganida ado qilardilar. Asrni o'qigalaridan keyin birontamiz Madinaning o'rtasidagi uyiga borganida hali Quyosh tirik bo'lardi. Shom namozi haqida nima deganlarini unutdim. Hufton namozini kechiktirib o'qishni savobli sanardilar, bu namozni 'atama (tun avvalgi uchdan bir qismi) deb atashadi. Hufton namozidan oldin uxlashni va undan keyin gaplashib o'tirishni yomon ko'rardilar. Bomdod namozini bir kishi yonidagi kishini taniydigan bo'lganida yakunlardilar. (Bomdod namozida) oltmushdan yuz oyatgacha o'qirdilar."
(Buxoriy-547, Muslim-647).

Hadisdagi so'zlar ma'nosi.

1. Yozilgan namozlar – Besh vaqt namozdir. Yozligan deyishlikdan maqsad farz qilingan deganidir.

2. Birinchi – bu peshin namozidir. Chunki bu Jabroil Nabiy sollallohu alayhi vasallamga birinchi bo'lib o'qib ko'rsatgan namozdir.

3. Quyosh (tikkadan) og'ganda – osmonning o'rtasidan g'arb tamonga og'ganida.

4. Quyosh tirik - Bu majozdir, Quyoshning oq nurini tiniqligiga dalolat qiladi. Tirikligidan murod: haroratining va nurining kuchli ta'siridir.

5. 'Atama – Shafaq ketgandan keyingi tunning zulmati. Tuninng avvalgi uchdan bir qismi o'tgan vaqt. Bu hadisda Hufton namozining nomi sifatida ishlatilgan.

Hadisning ma'nosi.

Abu Barza farz namozi vaqtlarini sanab o'tdilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam peshin namozini Quyosh g'arb tamonga og'ganida o'qiganlaridan boshladilar. BU peshin namoizning avvalgi vaqtidir.

Asr namozini o'qiganlaridan keyin, namozxonlardan biron kishi Madinaning o'rtasidagi uyiga borsa Quyosh tirik holatda turaverar edi. Bu Asr namozining avvalgi vaqtidir.

Shomni esa hadisni rivoyat qiluvchi odam nima deyilganini esidan chiqribdi. Avvalgi hadislarda shom vaqti Quyosh botganida kirishi haqida aytilgan edi.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam hufton namozini kechiktirishni yaxshi ko'rar edilar (savobi ulug'roq bo'lganidan). Chunki hufton namozining eng yaxshi vaqti oxirgi vaqtida ado qilishdir. Namozni vaqtidan o'tkazib yuborishdan yoki jamoatdan qolib ketisghdan qo'rqanlaridan undan oldin uxlashni yomon ko'rardilar. Uyquga chuqur kirib tungi namozni o'tkazib yuborishdan qo'rqanlaridan ham (huftondan oldin uxlashni yomon ko'rar edilr). Bomdod namozini o'z vaqtidan kechiktirish yoki jamoat namozidan kechikish xavfi bo'lagani uchun huftondan keyin gaplashishni yomon ko'rar edilar.

Bomdod namozida oltmish oyatdan yuz oyatgacha qiroat qilgan holatlarida ham, bir kishi yonidagi kishini taniydigan bo'lganida yakunlardilar. Nomozni tunning g'ira-shirasida ado qilganlariga dalolat qiladi. (y'ani bomdodning avvalgi vaqtida).

Hadisdan olinadigan foydalar.

1. Besh vaqt namozlarning avvalgi vaqtining bayoni. Har bir namozning oxirgi vaqti keyingi namozning avvalgi vaqti ekanligini bayoni. Ikki namoz orasida ajratuvchi biror vaqt yo'qdir.

2. Nabiy sollallohu alayhi vasallam namozlarni avvalgi vaqtida ado qilganlarining bayoni. Hufton namozi bundan mustasno. (Agar ummatlariga og'ir bo'lmasa kechiktirishni yaxshi ko'rganlar).

3. Hufton namozining o'qiladigan afzal vaqti oxirgi vaqtigacha kechiktirish. Bu tunning yarmidir. Ammo namozxonlarga mashaqqat tug'ilmasligi sharti bilan huftonni kechiktirish afzal bo'ladi. Bu haqida oldingi hadislarda aytdik.

4. Jamoat namozini o'tkazib yubormaslik uchun hufton namozidan avval uxlash makruh (yaxshi emas). Yoki namozni belgilangan vaqtidan o'tkazmaslik uchun (uxlash makruh).

5. Hufton namozidan so'ng gaplashib o'tirish makruh, tungi namozga uxlab qolmaslik uchun yoki bomdod namozini jamoat bilan ado qilishni o'tkazib yubormaslik uchun. Huftondan keyin gaplashishni makruhligi foydali ilm olish, yoki musulmonlarning ishlari bilan mashg'ul bo'lishga tegishli emas.

6. 'Atama deb atashadi – Hufton namozini 'atama deb nomlashni makruhligiga dalolat qiladi. Muslimning sahihlarida kelgan hadisda: "Arobiylar namozlaringizni nomini o'zgartirishi sizlarga ta'sir qilmasin. Albatta u Allohning kitobida "isha"(hufton) deb nomlagan". Ibn Umar bunday (huftonni 'atama deb) atalashiga g'azabkari chiqardi.

Boshqa bir hadisda bunday atalish joizligi ham rivoyat qilingandir. Bu g'azab faqat makruhlik uchunligiga (xarom emasligiga) dalolat qiladi. Ikki sahih to'plamda Abu Hurayradan rivoyat qilingan hadis: " 'atamada va bomdodda qanday savob borligini bilganingizda edi…"

7. Bomdod namozini g'ira-shirada ado qilinadi. Namozda oltmish oyatdan yuz oyatgacha o'qilganda ham bir kishi faqat yonidagi kishinigina taniganda namozni yakunlardilar.

8. Bomdod namozida qiroatni uzun qilishning fazilati kattadir.

9. Inson bilmaydigan narsasi haqida so'ralganda "Bilmayman" deyishlikdan takabburlik qilmasligi kerak. Chunki ilmsizlik bilan berilgan fatvo Allohning sha'niga ilmsizlik bilan so'z aytishdir. Olim bilmagan narsasi haqida gapirishdan to'xtashligi nuqson emas. Balki bu ulug' sharafdir. U ilmsizlik bilan duch kelgan so'zni aytishdan qo'rqdi va tavoze'li bo'lib ilmdagi o'z o'rnini bildi.

Foyda.

Huftondan so'ng gaplashish makruh ekan, bu gunoh bo'lmagan so'zlar va o'zaro suhbat makruhdir. Buzuq qo'shiqlarni eshitish bilan, uyatsiz va fitnali gazetalarni va rivoyatlarni o'qishlik bilan tunini o'tkazayotganlarning ahvoli qanday ekan?! Sharmanda suratlar va xarom filmlar bilan fitnalanganlarning ahvoli, Allohning zikridan va namzodan to'sadigan ko'ngil ochar o'yinlar bilan fitnalanganlarning ahvoli qanday ekan?! Bu holat bomdod namozigacha davom etadi. Rahmatlar yo'g'iladigan vaqtda esa ular uyquga ketadilar. Ularni o'rinlaridan endi faqat Quyoshning issig'i, sotuvchilarning baqiriqlari va hayotning harakatigina uyg'otadi. Bomdod namozini jamoat bilan o'qishni tark qildilar, balki vaqtidan ham o'tkazib uni zoye' qildilar.

Hayotlari bunday xunuk ko'rininshda o'tayotgan insonlarning holiga qattiq afsus va og'ir g'amdaman. Shayton ular bilan o'ynab qo'ydi va ularga foyda beradigan yo'ldan adashtirib, ularga zararli bo'lgan yo'lga yo'lladi. Ular Allohni untuganlar qatorida bo'lishlari ehtimoldir. Ular Allohni esdan chiqarishdi Alloh ularni o'zlarini eslaridan chiqartirib qo'ydi. Ularga g'aflat pardasini yopib qo'ydi. Ular faqat eslatma foyda bermaydigan kundagina eslaydilar.

Abbos   04-21-2012, 11:17 PM
#5

QIRQ SAKKIZIZNCHI HADIS.


عَنْ عَلِىٍّ رَضي الله عَنْهُ أنَ النَبيَّ صَلى الله عَلَيْهِ وَسَلمَ قالَ يَوْمَ الخَنْدَق : " مَلأ الله قُبُورَهُمْ وَبُيُوتَهُمْ نارا، كَمَا شَغلُونَا عن الصلاةِ الوُسْطَى حَتَّى غَابَتِ الشَّمْسُ ".
وفي لفظ لمسلم: "شَغَلُونَا عَنِ الصلاةِ الوُسْطَى - صَلاةِ الْعصْرِ- ثم صلاها بين المغرب والعشاء".
وله عن عبد الله بن مسعود قال : حَبَس اْلمُشركُون رسول الله صلى الله عليه وسلم عن صَلاةِ العصْرِ حتَى احْمَرَّتِ الشمس أو اصْفَرَّت فَقال رسول الله صلى الله عليه وسلم: " شَغَلُونَا عن الصَّلاةِ الوُسْطَى - صَلاةِ العصَر- مَلأ الله أجْوَافَهُمْ وقبُورَهُمْ نَارا" أو "حَشـا الله أجْوَافَهُمْ وقُبُورهُمْ نَارا ".

Aliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Nabiy sollallohu alayhi vasallam Xandaq kundia aytdilar: "Alloh ularning qabrlarini va uylarini olovga to'ldirsin, bizlarni Quoysh botib ketgunicha o'rta namozdan mashg'ul qilishdi". (Buxoriy-2931, Muslim-628)

Hadisning Muslim rivoyat qilgan lafzida: "Bizlarni o'rta namozdan – asr namozidan mashg'ul qilishdi. So'ngra asrni shom bilan hufton orasida ado qildilar".

Imom Muslim Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda aytdilar: "Mushriklar Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni asr namozidan mashg'ul qilishdi, hatto Quyosh qizarib yoki sarg'ayib ketdi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Bizlarni o'rta namozdan – asr namozidan mashg'ul qilishdi, Alloh qorinlarini va qabrlarini olovga to'ldirsin" yoki (bunday dedidlar): "Alloh qorinlari va qabrlariga olov solsin".

Hadis lafzlarining ma'nosi.

1. Xandaq – Rosululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobalari qazishgan chuqurlik. Madinai munavvaraning shimolidagi "Harro Sharqiya"dan "Harro G'arbiya"gacha bo'lgan yerni orasida qazilgan. Hijratning beshinchi yilida dushman qo'shinlari Madinani qamal qilishgan edi. ("Harro" – qora tosh degani).

2. O'rta – biror narsaning o'rtasi eng yaxshisi deganidir. Alloh taolo ayatdi: "Biz sizlarni o'rta ummat qidlik", – ya'ni eng yaxshi ummat.

Hadisning ma'nosi.

Mushriklar Nabiy sollallohu alayhi vasallam va u kishining sahobalarini Madinani va o'zlarini himoya qilishlari bilan mashg'ul qilib qo'yganligidan asr namozini Qyuosh botguniga qadar ado qilolmadilar. Asr namozini Nabiy sollallohu alayhi vasallam va sahobalar Quyosh botganidan so'nggina ado qilishdi. U kishiga va sahobalariga yetkazilgan ozor uchun va ularni namozlarning eng afzali bo'lgan asr namozidan to'sib qo'yganlari uchun, jazo bo'lsin deya, Nabiy sollallohu alayhi vasallam ularni qorinlari va qabrlari olovga to'lsin deb duoibad qildilar.

Ulamolarning ixtilofi.

Ulamolar Alloh Qurondagi: "Namozlarni va o'rta namozni muhofaza qilinglar", oyatida muhofaza qilishga buyurgan "o'rta" namozdan nima maqsad qilingani haqida ixtilof qilishdi. Shavkoniy turli fikrlardan o'n yetti fikrni keltirdilar va ularning dalillarini keltirdilar. Biz bu yerda so'zimiz cho'zilib ketmasligi uchun va kerakli foydaga erishilmagani uchun bu haqida to'xtalmaymiz.

Sahih va ochiq hadislar dalolat qilgan narsa shuki o'rta namozdan murod – asr namozidir. Salaf (avvalgi) va xalaf (keyingi) olimlarning ko'pchiligi shu fikrda bo'lishgan. Bu fikrdan boshqalari zaif qavldir va hujjati assossizdir.

Hadisdan olinadigan foydalar.

1. O'rta namozdan murod asr namozidir. Bu haqida ikki sahih to'plamda Aliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Biz uni bomdod namozi deb o'ylar edik. Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan Ahzob kuni: "Bizni o'rta namozdan – asr namozidan mashg'ul qildilar", deganlarini eshitdim".

Ibn Asir aytadilar: "O'rta namoz deb nomlanishining sababi - u namozlarning eng yaxshisi va ajri eng yuqorisidir. Shuning uchun uni muhofaza qilishga buyurildi".

2. Namozni ado qilishga qodir bo'linmaganda uni o'z vaqtidan kechiktirishning joizligi. Bu xavf namozi (dushmanga ro'baro' bo'lganda o'qiladigan namoz) shariatda joriy bo'lishidan avval bo'lgan bo'lsa kerak. Havf namozi joriy bo'lganidan keyin oyoqlarda turib va markablarga mingan holda namoz o'qishga buyurildilar.

Qozi Iyoz aytadilar: "Nabi sollallohu alayhi vasallam qasddan kechiktirdilar, xavf namozi bu hukmni bekor qildi". (Xavf namozi haqida hukm nozil bo'lgandan keyin namozni kechiktirsh mumkin emas).

Ibn Hajar aytdilar: "Bu haqqa eng yaqin so'zdir. Buni to'g'riligini Ahmad va Nasoiyda Abu Saiddan rivoyat qilingan hadis quvvatlaydi. Bu (voqea) Alloh xavf namozi haqida: "Oyoqlarda va otliq holingizda", oyatini nozil qilishidan avval sodir bo'lgan".

(Ba'zi ulamolar Nabiy sollallohu alayhi vasallam namozni unitganlar va oxirgi vaqtidagina eslaganlar, deyishgan).

3. Kim namozni o'z vaqtida ado qilishni unutsa, yodiga tushganida ado qiladi.

4. Zolimga qarshi zulmiga yarasha duo qilisning joizligi, chunki bu qasosdir.

5. Ulamolar aytdilar: "Bu yerda hadisni ma'nosi bilan rivoyat qilmaslik kerakligiga dalil bor. Aytilganidek aniq qilib yetkazish kerak. Ibn Mas'ud roziyallohu anhu: "Alloh to'ldirsin" va "Alloh solsin" degan lafzlar orasida ikkilandilar. Bu lafzlarni birisini aniq aytmadilar, holbuki bularning ma'nolari yaqindir".

Abbos   04-28-2012, 09:11 PM
#6

QIRQ TO'QQIZINCHI HADIS.

عن عَبدِ الله بْنِ عَبَّاس رَضيَ الله عَنْهُمَا قال : أعْتَمَ النبي صلى الله عليه وسلم، فَخَرَجَ عُمَرُ فَقَالَ: الصَّلاةَ يَا رَسولَ اللَه، رَقَدَ النسَاءُ وَالصبْيَانُ. فَخَرَجَ وَرَأسُه يَقْطُرُ يَقُول: لولا أنْ أشُقَّ عَلَى أمتي -أوْ عَلَي النّاس- لأمَرْتُهُمْ بِهذِه الصّلاةِ هذِهِ السّاعَةَ ".

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi, aytdilar: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam (hufton namozini) kechiktirdilar. Umar chiqdilar va aytdilarki: Namoz, Ya Rosululloh! Ayollar va bolallar uxlab qolishdi. (Nabiy sollallohu alayhi vasallam) chiqdilar, boshlaridan suv tomchilardi, aytdilar: Ummatimga – yoki insonlarga – mashaqqat bo'lmaganida bu namozni mana shu vaqtda ado qilishga buyurgan bo'lardim".

Hadis lafzlarining ma'nosi.

1. Kechiktirdilar – Tunga kirdilar, tunning zulmatigacha kechiktirdilar. Bundan murod, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam hufton namozini shafaq ketganidan keyingi vaqtga kechiktirib, tunning zulmatida ado qildilar.

Hadisining ma'nosi.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam hufton namozini tunning ko'p qismi o'tgunicha kechiktirdilar. Uzoq kutishni ko'tara olmaydigan va quvvati yuqlar, ayollar va bolalar uxlab qolishdi.

Umar roziyallohu anhu keldilar va aytdilar: Namoz! Ayollar va bolalar uxlab qolishdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam uylaridan masjidga chiqdilar, cho'milganlaridan boshlaridan suv tomchilardi. Hufton namozini kechiktirib ado qilishning afzalligini bayon qilib aytdilar, agar namozni kutib o'tiruvchiga mashaqqat bo'lmaganida edi – agar ummatimga mashaqqat bo'lmaganida edu mana shu namozni mana shu kech soatda ado qilishga buyurgan bo'lardim.

Ulamolarning ixtilofi.

Ulamolar hufton namozi haqida ixtilof qilishdi. Uni avval ado qilish afzalmi yoki kech ado qilishmi?

Birinchi fikrni bir jamoa ulamolar aytishdi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning ko'proq amal qiladigan avval o'qish odatlarini dalil qilishdi. Joizligini ko'rsatish uchun, yoki biror uzr sababli juda kam vaqtlardagina kechiktirardilar. Agar kechiktirsh afzal bo'lganida uni doimiy bajargan bo'lardilar.

Jumhur ulamolar kechiktirishni afzal deyishdi. Mana shu ko'pdan-ko'p sahih hadislarni dalil qilishdi.

Ammo davomiy kechiltirmaganlarini sababi, mo'minlarga mashaqqat tug'ilishidan qo'rqanlaridan. Bundan boshqa narsa emas. Bir kech tunda chiqdilar va aytdilar: "Mana shu (huftonning) vaqtidir, ummatimga mashaqqat bo'lmaganida (shu vaqtda ado qilishga buyurardim)."

(Xulosa. Agar odamlar jamlanishsa namoz ado qilinadi, agar jamlanishga kechikishsa namoz kechiktiriladi).

Hadisdan olinadigan foydalar.

1. Hufton namozini keciktirish afzal, mashaqqat bo'lsagina bunday qilinmaydi.

2. Bu oliy shariatda mashaqqat yengillikka va osonlashtirishga sabab bo'ladi (sunnatga zid bo'lmagan holda).

3. Ba'zida afzal bo'lgan ishni tashlab undan pastroq ishni qilish lozim bo'ladi, qachonki holatlar va sharoitlar shunga taqozo qilsa.

4. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ummatlariga bo'lgan yuksak rahm-shafqatlari ko'rinadi. (Yosh bolalar va ayollarning rioyasini qildilar).

5. Ba'zi ayollar va bolalar Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan jamoat namozida ishtrok etishgan (tungi namozda).

6. Umar roziyallohu anhuning Nabiy sollallohu alayhi vasallamga ochiq, to'g'ridan to'g'ri murojaat qilib bir ishga dalolat qilishlari va Nabiy sollallohu alayhi vasallamning xulqlarini bilishliklari (Umarning o'rni balandligidan).

7. Bu hadisda yuqoridagilarga bexabar qolgan narsasini yoki biror foyda uchun eslatma berish bor. (Ba'zida pastdagi odam bir narsani bilishi mumkin va yuqoridagini yo'llab qo'yishi mumkin, Sulaymon alayhis salom hudhudni xabarini qabul qilganlari kabi).

Abbos   05-16-2012, 06:18 PM
#7

ЭЛЛИГИНЧИ ҲАДИС.

عن عَائِشَةَ رَضِيَ الله عَنْهَا عن النَّبيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: "إذَا أقيمت الصلاة وَحَضَرَ العشَاءُ فَابْدَأوا بِالعشَاءِ" وعن ابن عمر، نحوه.

Оиша розияллоҳу анҳодан ривоят қилинади, у киши Набий соллаллоҳу алайҳи васалламдан, айтадилар: "Намозга такбир туширилса ва шу вақтда кечки овқат тайёр бўлса, кечки овқатдан бошланглар!" (Бухорий-5464, Муслим-557)
Ибн Умардан ҳам шу ма'нода ривоят қилинганлар.

Ҳадиснинг ма'носи.

Намозда хушу' (қўрқув), ҳокисорлик ва қалбнинг намзода ҳозир бўлиши шартдир. Бу намознинг руҳидир (жасад намозда бўлиб ҳаёл бошқа ерда бўлиши макруҳдир). Мана шу ҳолатлар билан намоз ё мукаммал ёки ноқис бўлади. (Намозхонга қалби намозда ҳозир бўлган ўрнига қараб савоб берилади).

Намозга такбир туширилганда таом ёки сув ҳозир турган бўлса, намозхоннинг хоҳиши босилгунча таомланиш ва сув ичишни аввал бажриш лозим. Ақли таом билан боғланиб қолмаслиги ва қалбидан намознинг мағзи бўлмиш хушу' кетиб қолмаслиги учун таомдан бошлайди, намоз вақти охирлаб қолмаган бўлиш шарти билан. Агар намоз вақти охирлаб қолган бўлса ҳар қандай ҳолда ҳам намозни ўз вақтида адо қилади. Чунки мустаҳаб амал вожибни четлатиб қўймайди. (Аввал таомланиш мустаҳаб амал, намозни ўз вақтида адо қилиш эса вожиб амалдир).

Ҳадисдан олинадиган фойдалар.

1. Намоз вақтида таом ва сув (ичимлик) ҳозир бўлса, намоз вақти охирлаб қолмаган бўлиш шарти билан, ҳар қандай ҳолда аввал таомланади ва сув ичади. (Бу ҳукмга таом ва сувдан бошқа қалбни машғул қиладиган нарсалар ҳам қиёс қилинади).

2. Ҳадиснинг зоҳиридан тушуниладики, инсон таомга муҳтож бўлса ҳам муҳтож бўлмаса ҳам аввал таомдан бошлайди. Аммо кўпчилик олимлар эҳтиёжи бўлсагина, (таомдан бошлайди) деган шартни келтиришган. (Эҳтиёжи бўлмаса намозга кришади). Улар буни Набий соллаллоҳу алайҳи васалламнинг айтган сўзларини мақсадидан тушуниб, шундай сабабни келтиришган. (Намзодан машғул қилишу мумкин бўлган нарса аввал бажарилади, токи намозда қалби бошқа ерда бўлмаслиги учун).

3. Таомга эҳтиёжи бор одамни олдига таом келса, таомдан бошлашлиги жамоат намозига чиқмаслигига узр бўлади. Таом вақтини намоз вақтига доимий ва одатий қилиб тўғирлаб олмаслиги лозим.

4. Хушу' (қўрқув ва ҳокисорлик) ва қалбни банд қиладиган ишларни тарк қилиш, Аллоҳга муножот қилиши учун қалбни бўшатиш намознинг шартларидан.
This post was last modified: 05-16-2012, 09:38 PM by Abbos.
Abbos   07-02-2012, 12:03 AM
#8
ЭЛЛИК БИРИНЧИ ҲАДИС.

ولمُسلِمٍ عَنْ عَائِشَة رضيَ الله عَنْهَا قَالتْ: سَمِعتُ رَسول الله صلى الله عليه يَقولُ: "لا صَلاة بِحَضْرَةِ الطعَام، ولا وَهُوَ يدَافِعُهُ الأخبَثَان

Муслим Оиша розияллоҳу анҳудан ривоят қилади, айтадилар: Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламдан эшитдим, айтдилар: "Таом ҳозир бўлганда намоз йўқдир ва икки чиқинди қистаб турганда намоз йўқдир”. (Муслим, 560)

(Бу ҳадисни Абдулғоний ал-Мақдисий “Намоз вақтлари боби”да келтирмоқдалар)

Бундан аввалги ҳадисда шореъни (Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламни) банда намозда, Роббисини ҳузурида қалби ҳозир бўлиши ҳақидаги тарғиби айтиб ўтилди. Бу ҳолатга фақатгина намоздан тўсувчи нарсалардан фориғ бўлгандагина эришилади. Бу намоздан тўсувчилар хотиржамликни ва хушуъни кетказади. (Таом ва икки чиқинди намозни тўсувчилар сирасига киради).

Шунинг учун шореъ (Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам) таом ҳозир бўлганида, намозхоннинг нафси унга талпиниб тургани учун ва қалби бу таомга боғлиқ бўлгани учун намоз ўқишдан қайтардилар.

Ҳудди шундай икки чиқинди-нажосатни ушлаб турганида ҳам намоз ўқишдан қйтардилар. Бу икки нажосат сийдик ва қазои ҳожатдир. Кимнинг сийдиги ва қазои ҳожати қистаб турган бўлса, ҳаёли шу нарса билан банд бўлгани учун унинг намози мукаммал бўлмайди. (Қорни дам бўлиб, ел тиқилиб турган ҳолат ҳам шу ҳадиснинг ҳукми остига киради.)

Уламоларнинг ихтилофи.

Ҳадиснинг зоҳиридаги ҳукмни олиб Зоҳирийлар ва Ибн Таймия таом ҳозир бўлганида ва бирор чиқинди қистаганида ўқилган намоз тўғри бўлмайди ва намоз ботил бўлади, дейишди.
Ибн Таймия агар таомга ҳожати бўлса намози мақбул эмас, дедилар.

Зоҳирийлар эса ғариб сўзни айтдилар, мутлақо ҳолатда намози мақбул эмас, дедилар.

Жумҳур олимлар намози мақбул, аммо бу ҳолатда намоз ўқишни макруҳ санашди. Айтишди: Бу ҳадисдаги намозни мақбул бўлмаслиги ҳақидаги сўз намознинг муккаммал бўлмаслиги ҳақида, намозни ботил бўлиши ҳақида эмас.

Ҳадисдан олинадиган фойдалар.

1. Таом ҳозир бўлганида, унга эҳтиёжи бўлса намоз ўқиш макруҳдир. Икки чиқинди қистаб турганида ҳам шундай. Бу намоз вақти бемалол бўлган вақтда. Агар намоз вақти тақалиб қолган бўлса намоз муқаддам қилинади.

2. Қалб ҳозир бўлиши ва хушуъ намозда талаб қилинган шартлардан.

3. Намозхон уни намоздан машғул қилиб тўсадиган ҳар қандай нарсадан фориғ бўлиши керак. (масалан, бир аёлнинг бир ёшли чақалоғи уйқудан уйғонса ва очиқ оловли тандирга қараб эмаклаб борса, шу аёл намозини бузиши рухсатлиги шу бобга киради.)

4. Таомга, ёки сув ичишликка, ёки сийишликка, қазои ҳожат ушатишга бўлган эҳтиёж Жума намозини ва жамоат намозини тарк қилишга узр бўлади. Бу ишларни намоз вақтларига атайлаб тўғирлаб олмаслик шарти билан узрли бўлади.

5. Санъоний айтадилар: Шуни билгин, бу банданинг ҳаққини Аллоҳ таолонинг ҳақидан устун қўйиш бобидан эмас. Балки бу яратувчининг ҳаққини ҳимоя қилишдир. Банда Аллоҳга муножот қилмаган қалб билан Унинг ибодатига киришмаслиги учундир.

6. Баъзи олимлар хушуъни қўрқув ва сокинлик, - деб тафсир қилишди. Бу инсоннинг нафсида вужудга келади, аъзоларда эса сокинлик билан зоҳир бўлиб, ибодатнинг асл мақсадига мувофиқ келади.

Фойда.

Уламолар айтишди: Намоз Аллоҳ таолога муножотдир, у қандай қилиб ғафлат ҳолатда амалга ошади! Уламолар ижмоъ қилишдики, Инсон намозидан фақат ақли собит бўлган қисмигагина савоб олади. Аллоҳ таолонинг мана бу сўзига асосан: “Мени эслаш учун намозни барпо қилинг!” (Тоҳа 14), “Ғофиллардан бўлманг!” (А'роф 205).

Абу Довуд, Насоий ва Ибн Ҳиббон ривоят қилишган марфуъ ҳадисда: “Банда намоз ўқийди ва унинг намозидан ўндан бири ҳам, олтидан бири ҳам (савоби) ёзилмайди.” (яъни қалби намознинг қанчасида ҳозир бўлганига қараб савоб ёзилади).

Намоз Аллоҳ таолонинг зикрини қойим қилиш учун фарз қилингандир. Агар намозхоннинг қалбида Аллоҳни улуғлаш ва ундан ҳайбат (қўрқиш) бўлмаса намознинг қиймати нуқсонли бўлади. Қалбни ҳозир бўлиши уни машғул қиладиган ҳар қандай нарсадан фориғ қилиш билан амалга ошади. Шунда илм ва амал бир-бирига боғланадаи ва ҳаёл бундан бошқа нарсага кетиб қолмайди. (Илм қалбда ва амал эса аъзоларда бўлади).

Намозда қалбнинг Аллоҳга муножот қилишдан тўсадиган ғафлат фақатгина дунёга бўлган муҳаббатдан келиб чиққан ўй-ҳаёллардир. (Дунёга муҳаббат сабабли, ёки Дунё билан машғул бўлиш сабабидан келиб чиққан ҳаёлар бўлиши мумкин.)

Abbos   09-04-2012, 01:19 PM
#9

NAMOZ O'QISHDAN QAYTARILGAN VAQTLAR HAQIDAGI BOB.

Shori’ o’zi biladigan sabablarga ko’ra ba’zi vaqtlarda namoz oqishlikdan qaytardi. Ibodat vaqtlalarida kofirlarga o’xshab qolmaslik shunday sabablardandir.

Namoz o’qishdan qaytarilgan soatlar uchtadir:
Birinchisi: Bomdod namozidan, to Qiyosh erdan nayza bo’yi darajasida ko’tarilgunicha.

Ikkinchisi: Quyosh ko’tarilishlikda eng yuqori nuqtasiga kelganida, to botish tarafga og’gunicha.

Uchunchi: Asr namozidan to Quyosh botgunicha.


ELLIK IKKINCHI HADIS.


عن عَبْدِ الله بْنِ عَبَّاس رَضِيَ الله عَنْهُمَا قَال " شَهدَ عِنْدي رِجَال مَرْضيونَ وأرْضَاهُمْ عِنْدِي عُمَرُ: أن رَسُوَل الله صلى الله عليه وسلم نَهَى عن الصلاةِ بَعْدَ الصبحِ حَتى تَطْلُع الشمس، وبَعْدَ العصر حَتًى تَغْرُبَ ". وما في معناه من الحديث.

ELLIK UCHUNCHI HADIS.

عَنْ أبي سَعِيدٍ الخُدْرِي رَضيَ الله عَنْهُ عن رَسُول الله صَلَّى الله عَلَيهِ وسلم قَاَل: " لا صَلاةَ بَعدَ الصّبْحِ حَتَّى تَرْتَفِعَ الشمس ، وَلا صلاَةَ بَعْدَ العصْرِ حَتَى تَغِيبَ الشمسُ".

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuma rivoyat qiladilar, aytdilar: "Men Alloh rozi bo’lgan va ularni ham rozi qilgan kishilarni ko’rdim, shundaylardan Umar roziyallohu anhu aytdilar: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam subhdan (tongdan) keyin namoz o’qishdan qaytardilar, toki Quyosh chuqquniga qadar. Asrdan so’ng ham to Quyosh botguniga qadar (namoz o’qishdan qaytardilar).” (Buxoriy 581, Muslim 826)

Bu hadisni ma’nosidagi yana bir hadis.
Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhu rivoyat qiladilar, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Subhdan so’ng to Quyish chiqqunicha namoz (o’qish) yo’qdir. Asrdan so’ng toki Quyosh botgunicha namoz (o’qish) yo’qdir.” (Buxoriy 582, Muslim 827)

Musannif (Abdulg’oniy al-Maqdisiy) rohimahulloh aytdilar: Bu bobda Aliy ibn Abu Tolib, Abdulloh ibn Amr ibnul-Oss, Abu Hurayra, Samura ibn Jundub, Salama ibn Akva, Zayd ibn Sobit, Muoz ibn Jabal, Ka’b ibn Murra, Abu Umoma al-Bahiliy, Amr ibn Abasa as-Sullamiy va Oisha roziyallohu anhumlardan hadislar bor. Sunnabihiy esa Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan hadis eshitmagan, uning rivoyati mursaldir.

Hadisning ma’nosi.
Bu ikki hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam bomdod namozidan so’ng to Quyosh chiqquniga qadar namoz o’qishdan qaytardilar, ya’ni Quyosh ko’z o’lchovida nayza barobarida ko’tarilguniga qadar (taxminan uch metr miqdorida).

Huddi shunday asr namozidan so’ng to Quyosh botguniga qadar namoz o’qishdan qaytardilar. Chunki bu vaqtlarda namoz o’qishda mushriklarga o’xshashlik bordir. Ular Quyosh ciqishida va botishida unga ibodat qilishadi. Biz ularning ibodatiga o’xshashlikdan qaytaildik, chunki kim o’zini biror qavmga o’xshatsa bas u o’shalardandir.

Ulamolarning ixtilofi.
* Ulamolar bu vaqtlarda namoz o’qish masalasida turli fikrlar bildirishdi:

Jumhur ulamolar namoz o’qishni makruh deyishdi. Ushbu sahih hadislar va boshqa hadislarga binoan shunday deyishdi.
Zohiriylar bu vaqtda namoz o’qishlikni muboh sanashdi. Qaytariq haqidagi hadislar mansux bo’lgan (boshqa hukm bilan o’z kuchidan qolgan) deyishdi. Ammo ular nasx qiluvchi deb keltirgan hadislarini ulamolar mutlaq (umumiy) hukmni muqayyad (xos) bilan qayd qilish, yoki xos hukmni om hukmga qurish bilan javob berishdi. Agar hadislarni jamlash imkoni bo’lsa nasx masalasiga o’tilmaydi, bu bobdagi hadislarni jamlash esa osondir.

* Yana ulamolar qaysi namozlarni ado qilish qaytarilgani haqida ham turli fikrlar aytishdi:

Hanafiylar, Molikiylar va Hanbaliylar barcha nafl namozlar bu hukmga kiradi deyishdi, faqatgina ikki rakat tavof namozi mustasno. Ular hadislarda vorid bo’lgan umumiy qaytariqni dalil qilishdi.

Shofe’ilarning mazhabi va imom Ahmaddan kelgan bir rivoyatda, shayxul Islam Ibn Taymiya ham shu fikrni tanladilar, bizning ashoblarimizdan bir jamoa ham shu fikrda bo’lishdi. U ham bo’lsa, sababsiz o’qiladigan mutlaq nafl namozlar qaytarilgandir. Ammo sababli namozlar, masalan masjidga kirgan odam tahyatul masjid o’qishi, tahoratdan so’ng o’qiladigan ikki rakat namoz, sababi bor namozlardan bo’lgani uchun har qanday vaqtda ham joizdir. Bularning dalili xos hadislarda kelgan ko’rsatmalardir, umumiy qaytariqdan bu namozlar xos ajralib chiqadi.
Mana shu qavlda barcha dalillar jamlanadi va ikki tarafdagi barcha hadislarga amal qilinadi.

* Yana ulamolar qaytariq qachon boshlanadi, subh kirganidami, yani ikkinchi tong otganidami yoki bomdod namozidan so’ngmi?

Hanafiylar tong otganidan boshlanadi deyishdi, Hanbaliy mazhabidagi mashhur qavl ham shudir. Bunga mana bu hadislarni dalil qilishgan, to’rt sunan sohiblari Ibn Umardan rivoyat qilishgan hadis: Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Tongdan so’ng ikki rakat namozdan boshqa namoz yo’qdir.” (Abu Dovud 1278, Termiziy 419)

Bu hadisda Quyosh chiqqanidan so’ng nafl namoz o’qish xarom ekanligini bildiradi, faqatgina bomdodning ikki rakat sunnatini ado qilish joiz. Chunki bu yerdagi namoz yo’q deyishdan murod qaytariqdir.

Ko’pchilik ulamolar esa qaytariq bomdod namozidan boshlanadi, tong otganidan emas deyishdi. Bunga bir neha hadislarni dalil qilishdi. Shulardan Buxoriy Abu Sa’iddan rivoyat qilgan hadis: “Bomdod namozidan so’ng to Quyosh chiqqunicha namoz yo’qdir.”

Yana Buxoriy Umar ibn Xattobdan rivoyat qilgan hadis: Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Tonggi namozdan so’ng Quyosh chiqquniga qadar namoz yo’qdir.” Yana bundan boshqa ko’pgina sahih hadislar.

Avvalgilarning (tong boshlanganidan hisoblanadi degan) so’zlariga raddiya bordir, ularning hujjati bunday hadislarga teng kelolmaydi.

Abbos   09-12-2012, 10:19 PM
#10

Bu ikki hadisdan nima foydalar olinadi.

1. Bomdod namozidan so’ng, Quyosh chiqib uch metr darajasida ko’tarilgunicha barcha nafl namozlarini o’qishdan qaytariq.

2. Asr namozidan so’ng, Quyosh botgunicha barcha nafl namozlarini o’qishdan qaytariq.

3. Abu Sa’idning hadisida: “Bomdod namozidan so’ng namoz yoq.” Inkorning ma’nosi arab tili taqozo qilganidek jins haqida (ya’ni namoz umuman mavjud emas ma'nosida). Ammo shore’ning (Rosululloh solallohu alayhi vasallam) so’zlarida inkor siyg’asi kelsa shar’iy amalni inkor qilish ma’nosida tushunish avloroqdir. Chunki namozning jinsini inkor qilib bo’lmaydi. Shore’ lafzlarni o’z odatiga ko’ra so’zlaydi, ya’ni shar’iy hukm uchun so’zlaydi.

(Bu vaqtlarda namozlarni ado qilish holati quyidagicha: 1. Farz namozlarini ado qilish xilofsiz joiz. 2. Nafl namozlarini o’qish xilofsiz joiz emas. 3. Sababi bor nafl namozlarini ado qilishda ixtilof bor. )

4. Ba’zi hadislardan bu qaytariqning illati tushuniladi, u ham bo’lsa kofirlarga o’xshashlikdan qo’rqilganidir. Bundan kofirlarning ibodatlarida, odatlarida va taqlidiy amallarida ularga o’xshashlik va ularga taqlid qilishlik haromligi bilinadi.

Foyda.
Muallif namoz o’qishdan qaytarilgan uchinchi vaqtni bayon qilmadi, holbuki u hadislarda sobit bo’lgandir. U juda qisqa vaqtdir, Quyosh ko’tarilishlikda yuqori nuqtaga yetganida boshlanadi va yuqoridan og’gunicha davom etadi. Bu vaqtda namoz o’qish haromligi hadislarda vorid bo’lgan.

Shulardan Muslim rivoyat qilgan, Uqba ibn Omirning hadislari: “Uchta vaqtda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam bizlarni namoz o’qishdan qaytardilar, bu vaqtda o’liklarimizni ko’mishdan ham qaytardilar. Shulardan biri – Kun tikka vaqtiga yetganida.”

Yana shunday hadislardan Muslim rivoyat qilgan Amr ibn Abasaning hadislari: “So’ngra soya nayza bilan birga bo’lguniga qadar namoz o’qigin. So’ngra namozdan tiyil, chunki bu vaqtda jahannamga o’t yoqiladi.”

Ikkinchi foyda.
Ko’p shariat ahkomlari mushriklarga o’xshashlikdan uzoq bo’lishning ustiga qurilgandir. Chunki ularga taqlid qilish va ularga o’xshashlik nafslarga ta’sir ko’rsatadi, darajama-daraja yaqinlashtiradi va ularni amallarini yaxshi sanashga va ularga o’xshashga olib keladi. Holat shunga keladiki, musulmonlar o’zlaridagi izzatni, birlikni, mustaqillikni yo’qotadilar va ularga tobe’ bo’lib qoladilar. Musulmonlarning shaxsiyatlari va ma’naviyatlari yo’qolib ketadi, natijada kofirlar musulmonlarning ustidan g’oliblikka erishadilar.

Islom musulmonlardan ibodatlarida, taqlidiy amallarida va har qanday holatlarida izzat va birlikni xohlaydi. Musulmonlar alohida-mustaqil ummat bo’lishlarini hoxlaydi, boshqalardan ajralib turadigan o’zlariga xos sifatga ega bo’lishlarini hoxlaydi.
Qattaiq afsuski, hozirgi asrimizda musulmonlarni bilimsiz va aqlsiz holda ularning orqalaridan ketayotganlarini topamiz. G’arbdan kelgan har bir narsa - yaxshi. Ular olib kelgan har bir amal chiroylidir, garchi dinga va odamlarga xilof bo’lsa ham. Inna lillahi va inna ilayhi roji’un! (Bizlar Allohnikimiz, Uning huzuriga qaytib boramiz).

Ey Allohim musulmonlarni uyqularidan va g’aflatlaridan uyg;otgin! Ularning kalimalarini haqda va hidoyatda jamlagin! Albatta Sen Eshitguvchi va ijobat qilguvchi Zotsan.

Buning ma’nosi sanoat va ixtirolar borasida ular bilgan narsani ta’lim olishdan voz kechish degani emas. Bu har bir inson uchun umumiy bo’lgan narsalardir. Biz bu ilmlarga ulardan ko’ra haqliroqdirmiz. Chunki biz bu ilmlarni o’rgansak uni dinimiz buyurganidek tinchlik va omonlik yo’lida, insoniyatni saodati yo’lida ishlatamiz. Ammo bu ilmlar zolimlarni qo’lida esa olamni buzuvchi va barbod qiluvchi ashyoga aylanadi.

Pages (2): 1 2   
  
Users browsing this thread: 2 Guest(s)
Powered By TAVHID.COM, © 2002-2024 Tavhid Forum.
Made with by Curves UI.