[font=Tahoma][size=medium][color=#0000CD]
Bismillahir Rohmanir Rohim
Allohga Hamdlar bo'lsin, Allohning payg'ambariga salamlar va salavatlar bo'lsin!
So'ng...
Hurmatli Birodarlar! Assalamu alaykum va rohamtullohi va barokatuh!
Bu Forumga birinchi martta a'zo bo'lishim. Ba'zi ma'lumotlar va tanqidning ko'pligi meni taajubga soldi. Ma'lum bir kichik doira ichidagi kishilar va ularga aloqali bo'lganlar nihoyat darajada maqtalgan va u doira ichidan tashqarida bo'lganlar esa nihoyat darajada qoralangan va rahim qilinmagan. Vaholanki ularning asli birdir. Hozirgi zamonga kelib ilm ahlilarining soni kamayib borayotganligi yetmaganidek, borlarini ham olimlik, ilm ahlilik safidan chiqorishga harakat qilayotganlarga hayron qolasan kishi. Subhnallah. Bu haqiqatdan ham salaflarning yo'limi ki faqat Saudia olimlari "Bu kishi ilm ahli" degan kishi haqiqatdan ham ilm ahli va "Bu odam ilm ahli emas chunki bizdan ruhsat so'ramadi" deganlar ilm ahli emasmi? Saudia olimlari katta hato qilishsa "Butun odam bolasi hatokordir" deysizlar, boshqa davlat ilm ahillari kichkina hato qilishsa "Bu kishi falondir, pistondir. Rad qilinganlardandir (Va Allhu Alam)" deysizlar. Shumi salaf yo'li? Subhnallah. Bu yerdagi nashr qilingan suhbatlarga garaganda inson tushunadiki, kim ilm ahli va kim ilm ahli emasligini shuyerdan "fatvo" olsak bo'lar ekan. Yillarcha zamonlar Quron va Sunnatni o'rganishga sarflarnar ekan, bu yerda ikki daqiqada "peshonasidan tamg'a" olishar ekanlar, AHLI BID'ATDIR! HAVORIJDIR! HUKUMAT ISHCHISI EMASDIR! Subhnallah! Eng ko'p diqqatimni torgan maqola bu Abdulloh Buhoriy ustosga va u kishining "ihsanilim" nomli madrasasiga qilingan harakatlaringizdir. Aniqroq aytganda "Абдуллоҳ Бухорий Саудия ҳукмдорини масхара қилиши" deb nomlangan maqoladir va "ihsanilim_hukmdorlarni_xorlashi.png" deb nomlangan suratdir. Ajabo, tanqid qilishga boshqa sabab topilmadimikan? Uning ustiga ustoz Abdulloh Buhoriy fikr qoldirgan jumla: "O'ZLARINI HORLAGANLARNI HORLASHIVORISHIBDI" bu hech nimani bildirmaydi... dalil ham bo'lmaydi. Balkim bu rasmni Abdulloh Buhoriy shahsan o'zlaari qo'llari bilan chizgan dersizlar? "Саудия ҳукмдорини обрўсини тўкишга интилган" Sizlarga teskari kelib qolganlar bir amalni qilmasdan "intilsa" ham kifoya, shu zahotiyoq u BITAD AHLIDIR, ALLOH HOR QILGANLARDANDIR. Agar saudiya olimlari qattiq hatoga yo'l quyib, intilish u yoqda tursin bajarib quysa ham "Ular mujtahiddirlar, Bir hatosiga Bir ajrdir!" Shunday mi? Ustozning "O'ZLARINI HORLAGANLARNI HORLASHIVORISHIBDI" degan bir jumlasi sizlar "ihsanilim_hukmdorlarni_xorlashi.png" deb vahima qilishlaringizga yetarli dalil mi bo'ldi? Allohdan qo'rqinglar! Butun madrasaga iftiro qilmanglar. Butun qilingan hizmatlarni bir jumlada "suv bilan oqizib yuborish" ga harakat qilmanglar. O'zbek millati orasida jaholat tarqab haqdan uzoqlashib ketishgan. Ularni haqqa chaqiradigan ilm ahlilar yildan yilga yo'qolib ketmoqda. Ba'zilarini otib ketayotgan bo'lsa, ba'zilarini qamashib, ba'zilarini o'ldirishib jaholatni ko'paytirishmoqda. Sizlarning ko'zlarngizga haq bo'lib ko'ringan ish aslida ummatga qattiq zarar bermoqda. Subhanallah ... Sizlarga savolim:
BU MAQOLA TAVHID.COM BOSHQARUVCHILARI TARAFIDAN CHIQARILDIMI?
VA ABU MARYAM BUNI TASDIQLAGAN HOLDA 3 TA AUDIONI ABDULLOH BUHORIYGA NISBATAN MARUZA QILDIMI?
YOKI BU SHUNCHAKI BIR SHAHSNING SHAHSIY FIKRIMI?
Buni biz qanday tushunishimiz kerak? Agar bu munkar bo'lsa, birinchi navbatda Abdulloh Buhoriy ustozga bog'langan holda qaytarishga harakat qildilaringmi? U kishi "Yo'q, baribir ham Saudiya podshohini obro'sini to'kaman" dedimi? Bu forumda Abdulloh Buhoriy kim deyilgan vaqtda, kim shahsan Abdulloh Buhoriy bilan bog'lanib u kishidan shu malumotlarni to'g'ridan to'g'ri talab qildi? Bu yerda yozilgn hamma narsalar GUMON ustiga qurilgan. U yerda unday ekan bu yerda bunday ekan ... demak u kishi ham shunaqa ekan .... Subhnallah ... Shuni salaf yo'li ... Allohdan qo'rqishlaringizni tafsiya qilaman. Haqiqiy olimlar bir ilm ahlini munkarini ko'rsa, ummatni u kishidan ogohlantirishdan oldin. Shu ilm ahli bilan yuzma yuz bahs va muzokara o'tkizishadi. Qaysarlik qilsa. Undan keyin kichkina raddiyani o'zlariga jo'natiladi. Bu yerda kichkina to'plam to'planib olib kim qanaqa ekanligini hal qilib o'tirish naqadar oson. Allohga qasam ichib aytaman ki, haqiqiy hadis ilmi sohasida sizlardan hadis rivoyat qilinmaydigan odam toifasiga tushdilaringiz. Alloh sizlarga qalb yumshoqligini bersin. GUMONga qurilgan tanqidlaringizdan, mutassiblikdan Alloh o'z panohida asrasin. Tarihda ilm ahillari bunaqa tuzumga muhtoj bo'lishmagan. Hozirgi zamonda esa Saudia ilm ahillari "olimsan" desa demak olim aks holda u "zolim" degan narsalar bo'lmagan. Subhanallah. Alloh haq yo'ldan ozdirmasin. Alloh subhnahu va taalaga hamdu sanolar bo'lsin. Uning payg'ambariga salomlar va salavatlar bo'lsin. Assalamu alaykum va rahmatulloh va barokatuh.
Savollarim javobsiz qolmasin. O'chirib ham tashlamanglar! Alloh rozi bo'lsin!