Taysirul Allam Umdatul Ahkomning sharhi.
Muallif: Abdulloh bin Abdurrohman Ali Bassam.
Bismillahir rohmanir rohim
Alhamdulillah vassolatu vassalamu ala rosulillah, shunda so'ng
NAMOZ KITOBI
Namoz (arab tilida "solah") lug'atda – duo, chaqirish deganidir. Qozi Iyoz aytdilar: Bu ko'pchilik arab tili olimlarining va fuqaholarning so'zidir. Duoni – "Solah" deb nomlash arablarning jumlalarida ko'p uchraydi. Duo bilan namozning orasidagi aloqa qismandir, chunki duo namozning bir qismidir va duoni o'z ichiga olgan.
Sharitadagi ma'nosi: Takbir bilan boshlanib salom bilan yakunlanadigan, niyat bilan amalga oshiriladigan so'zlar va harakatlardir.
Besh vaqt namoz Islomning besh arkonlaridan biridir, balki ikki shahodat kalimalaridan so'ng eng muhimidir. Allohning kitobi, Sunnat va ijmo' bilan bilan sobit bo'lgan, kim unga qarshi chiqsa kofir bo'ladi.
Alloh subhanahu va taolo hukm qilguvchilarning eng buyugi ekanligi bilan namozni farz qildi. Uni barpo qilishlik bilan dunyo va oxirat barpo bo'ladi.
Namozni farzlari, shartlari va mukammal qiluvchilari bor bo'lgani kabi, uni botil qiluvchilari va nuqsonli qiladiganlari ham bor.
VAQTLAR BOBI
Vaqtlar – bu farz namozlari va boshqa namozlarni ado qilish uchun belgilangan zamon miqdorlaridir.
Farz namozining vaqti kirishi namozning shartlaridan ikkinchisidir. Namozning birinchi sharti poklikdir.
QIRQ TO'RTINCHI HADIS.
عَن أبِى عَمْرو الشَّيْباني -واسمه " سعد بن إياس "- قال: حدثني صَاحِـبُ هذا الدَّار -وَأشَار بيده إلى دار عبد بن مسعود- قال: سَألْتُ رَسُولَ الله صلى الله عليه وسلم أُيّ الأعمالِ أحـبُّ إِلى الله عزَّ وجل قال : " الصَّلاة عَلَى وَقْتِها ". قلت: ثم أيٌّ؟ قال " بِر الوالِدَين ". قلت: ثُمَّ أيٌّ؟ قالَ: " الْجِهَادُ في سبِيلِ الله ".
قال: حدثني بهن رسول الله صلى الله عليه وسلم، ولو استزدته لزادني.
Abu Amr Ash-Shayboniydan rivoyat qilinadi, u kishining ismi Sa'd ibn Iyosdir, aytadi: Bu hovlining egasi menga aytib berdi, deya Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhuning hovlisiga ishora qildi. (Abdulloh ibn Mas'ud) aytdilar:
Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan so'radim: Alloh Azza va Jallaga amallarning qay biri eng suyumlidir?
Aytdilar: "O'z vaqtida o'qilgan namoz."
Aytdim: So'ngra qaysi?
Aytdilar: "Ota-onaga yaxshilik qilish."
Aytdim: So'ngra qaysi?
Aytdilar: "Alloh yo'lidagi kurash."
(Abdulloh) aytdilar: Bularni menga Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytib berdilar, agar ko'paytirishni so'raganimda albatta ko'paytirar edilar.
(Buxoriy-527, Muslim-139)
Hadisni lafzlarining ma'nosi.
O'z vaqtida o'qilgan namoz – farz namozlari ko'zda tutilgan, chunki namoz umumiy holda zikr qilinsa farz namozlariga taaluqli bo'ladi.
Hadisning umumlashtirilgan ma'nosi.
Ibn Mas'ud roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan Alloh uchun qilinadigan toat-ibodatlar haqida so'radilar, qay biri Alloh uchun eng suyumli? Amal Allohga qanchalik suyumli bo'lsa shunchalik savobi ko'proq bo'ladi.
Nabiy sollallohu alayhi vasllam aytdilar: Alloh taologa eng suyumli amal Alloh belgilagan vaqtida ado qilingan farz namozi. Chunki bunda Allohning chaqirig'iga shoshishlik bordir, Uning buyrug'iga bo'ynsinishlik va bu ulug' farz ibodatiga qattiq e'tibor berishlik bordir.
Ibn Mas'ud roziyallohu anhuning yaxshi amallarga intilishliklaridan, bitta savol bilan to'xtamadilar, balki Alloh taologa suyumli amallarning ikkinchi darajasi haqida ham so'radilar. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Ota-onaga yaxshilik qilish.
Birinchisi Allohning o'ziga xos bo'lgan haqqi edi. Bunisi esa ota-onaga xos bo'lgan haqqidir. Ota-onaning haqqi Allohning haqqidan so'ng keladi. Alloh taolo ota-onaning haqqi ulug'ligidan ularning haqlarini va ularga yaxshilik qilishni tavhiddan keyingi o'rinda Quron Karimning bir necha o'rinlarida zikr qiladi. Ular seni dunyoga kelishinga sabab bo'lganlari, seni tarbiya qilganlari va seni edirganlari uchun, senga ko'rsatishgan mehr va shafqatlari uchun ularning seni ustingda haqlari bordir. Ularga yaxshilik qilish ularning haqlarini ba'zisinigina ado qilishdir.
So'ngra Ibn Mas'ud roziyallohu anhu ikkinchi darajada chegaralanib, baxillik qilmasdan buyuk amallarning silsilasini so'rashni davom ettirdilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Alloh yo'lidagi kurash. Albatta bu Islom o'rkachining cho'qqisidir va uning ustunidir. Islom u bilangina barpo bo'ladi, Allohning kalimasi u bilan oliy bo'ladi va Allohning dini tarqaladi.
Uni tark qilishlik Islomni buzushdir, Islom ahlini xorlash, ularning izzatini ketkazish, mulklarini talon-taroj qilish, hukumronliklarini va davlatlarini yo'q qilish, Alloh bizni bundan saqlasin.
Bu har bir musulmon uchun farzdir. Kimki g'azot qilmasa yoki o'zini bunga tayyorlamasa nifoqning bir bo'laklaridan birida vafot topadi.
Hadisdan olinadigan foydalar.
1. Alloh taolo uchun amallarning eng suyumlisi o'z vaqtida o'qilgan namozlar, so'ng ota-onaga yaxshilik qilish, so'ng Alloh yo'lidagi jihod. Bu amallar, insonda iymon bo'lganidan keyingi eng yaxshi amallar. Iymon asosdir ibodatlar esa uning bo'laklaridir.
2. Bu savollarda badaniy amallar haqida so'ralgan, chunki javob namoz, ota-onaga yaxshilik qilish va jihod haqida bo'ldi. Savolda ham, javobda ham qalb amallari haqida biror so'z aytilmadi, qalb amallarining ulug'i iymondir.
3. Amallar fazilat jihatidan bir xil darajada emas, balki Alloh taologa yaqinlashtirishi jihatidan va manfaatli ekanligidan tafovutlidir. Abdulloh ibn Mas'ud roziallohu anhu eng muhimlari haqida so'radilar.
4. Amallar Alloh ularni yaxshi ko'rishligi bilan xar turli darajada bo'ladi.
5. Bu hadisda Alloh taoloning muhabbat sifatini isboti bor, O'zining ulug'ligiga loyiq holda isbot qilamiz.
6. Ilm haqida savol berishning fazilati, hususan muhim narsalar haqida so'rash. Bunday savol katta manfaat ifoda etadi.
7. Ba'zi savollarni ma'lum sabablarga ko'ra tark qilish. Sabablardan,
so'ralayotgan kishini bezovta qilishdan qo'rqish va undan haybat qilishlik.
Foydalar.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam eng yaxshi amallar haqida (boshqa hadislarda ham kelganidek) bir necha bor so'ralganlar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam bu savollarga holatga ko'ra va so'rovchiga foyda keltiradigan holda turlicha javob berganlar. Shuning uchun ba'zida aytganlar: Avvalgi vaqtida o'qilgan namoz, yana bir safar: Alloh yo'lidagi jihod, yana bir safar sadaqa, deganlar. Bu javoblar so'rovchining holatiga ko'ra turlicha bo'lgan. (Rosululloh sollohu alayhi vasallam bir xil savolga turlicha berishlarini ulamolar bir necha sabablarini aytishadi. Shulardan biri so'rovchining holatiga qarab, u uchun eng zarur bo'lgan narsani aytganlar. Yana biri: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam bir safar faqat badaniy ibodatlarning eng afzalini aytgan bo'lsalar, boshqa safar ado qilinishi kerak bo'lgan huquqlarning eng muhimlarini aytganlar, va hakazo…).
Shak-shubhasiz bu javoblar hikmat va haqdir. Bunday hadislar amal qilishni va umumiy yaxshiliklarni bilishni hoxlagan odam uchun. Albatta Islom dini o'z ahkomlari va amallari bilan voqe'lik dinidir. (ya'ni: insonlarga voqe'-holatlariga qarab foyda keltiradi). Shuning uchun amallar orasidagi farqlash shu asosga qurilgan bo'lishi lozim. (afzallik holatga qarab turli bo'lishi mumkin).
Albatta har bir inson uchun solih amal borki, u faqat shu bilangina najot topadi. Uni shunga yo'llab qo'yish kerak. Huddi shunday vaqt ham turlicha bo'ladi. Ba'zida sadaqa qilish boshqa amallardan afzal bo'ladi. Masalan ocharchilik va qattiq ehtiyoj vaqtida. Ba'zida shar'iy ilmga ehtiyoj bo'lganida va insonlar undan uzoqlashganlarida ilm o'rganish eng foydali amal bo'ladi.
Huddi shunday kundalik va tunda bajariladigan ibodatlar ham turlicha. Ba'zi soatlarda istig'for va tavba Quron qiroatidan afzal bo'ladi. Ba'zi soatlarda esa namoz o'qish afzal bo'ladi.