Assalamu Aleykum va rohmatulloh.
Aziz birodarlarim,ALLOH Sizlardan rozi bo'lsin.
Alloh uchun manabu savolimga javob beringlar.
Malumki dinda Allohning sifatlarini ta'vil qilishlik xaromdir.
Lekin ba'zilar joiz deb gaplariga ba'zi salaflar xam ta'vil qilishgan deb ushbu dalillarni keltirishdi.
Ta'vilchilarning dalillari:
1. Qo’llar. “Osmonni O’z qo’llarimiz ila bino qildik. Albatta, Biz keng qiluvchimiz” (Qur'on, 51:47), oyatidagi “qo’llarimiz bilan” iborasini al-Tabariy “qudrat bilan” (bi quvva) deya ta’vil qilgan va buni beshta sanad orqali – 161-hijriy sanada vafot etgan Sufyon as-Savriy, 131-hijriy sanada vafot etgan Mansur [ibn Zadhan al-Thaqafiy], 118-hijriy sanada vafot etgan Qatada [ibnDa‘ama] va 104-hijriy sanada vafot etgan Mujohid orqali 68-hijriy sanada vafot etgan Ibn Abbosga bog’lagan (Jami‘ al-bayan, 27.7–8). Men sanalarni ularning salaflar ekanini ko’rsatish uchun keltirdim.
2. Boldir. “Boldirlar shimarilgan kunida va ular sajdaga chaqirilganda, qodir bo’lmaslar” (Qur'on, 68:42), oyati haqida al-Tabariy, “Bir necha mufassir sahoba va tobeinlarning fikriga ko’ra, bu [boldirlar shimarilgan kunida] shiddatli bir ish (amrun shadid) oshkora bo’ladi, degan ma’noni bildiradi” (Jami‘ al-bayan, 29.38). Boldirning shiddatli birish bilan bog’lanishi sababi shundaki, sahrodagi qattiq janglarda tez va dadil harakat qilish uchun kiyim etaklarini boldirning tepasiga ko’tarib olish o’sha davr arab jangchilarining odati bo’lgan. Bu narsa keyingi antropomorfistlar tomonidanunutilgan ko’rinadi, ular mazkur oyat Allohning boldiri borligiga, boshqalariga ko’ra esa, bitta bo’lishi imkonsiz bo’lgani uchun, Allohning ikkita boldiri borligiga dalildir, deb aytganlar. Al-Tabariy yana Muhammad ibn Ubayd al-Muharibiydan, u esa Ibn al-Mubarakdan, u Usama ibn Zayddan, u Ikrimadan, Ikrimaesa Ibn Abbosdan qilgan rivoyatda, mazkur oyatdagi boldir so’zi “urush va shiddat kuni” ma’nosini bildiradi, deb aytadi (yuqoridagi asar, 29.38). Mazkur roviylarning barchasi sahih to’plamlardandir, faqat Usama ibn Zaydning hadislari hasan sanaladi.
3. Kulish. Sahih al-Buxoriyda, Abu Hurayradan rivoyat qilingan hadisda, Payg’ambar (sallollohu alayhi va sallam) shunday deydilar: “Alloh taolo ikki kishini ko’rib kuladi, ulardan biri ikkinchisini o’ldiradi, lekin ikkalasi ham jannatga kiradi: Biri Allohning yo’lida jang qilib o’ldiriladi, so’ng Alloh qotilni kechiradi va u ham kurashib Alloh yo’lida shahid bo’ladi”. Muhaddis al-Bayhaqiyning yozishicha, Buxoriyning kotibi [Muhammad ibn Yusuf] al-Farabriy Imom Buxoriyning, “Bu yerdagi kulishdan murod rahmatdir” deganini rivoyat qilgan (Kitab al-asma’ wa al-sifat, 298).
4. Yurib kelish. Hofiz Ibn Kasirning xabar berishicha, Imom al-Bayhaqiy al-Hakimdan, u esa Abu Amr ibn al-Sammakdan, u Ahmad ibn Hanbal amakisining og’li Hanbaldan quyidagini rivoyat etadi: Ahmad ibn Hanbal Alloh taoloning “Va Robbing va farishtalar saf-saf bo’lib kelsa…” (Qur'on, 89:22) oyatini “Uning savobi keladi”, deya ta’vil qilgan.
Al-Bayhaqiy, “Mazkur roviylar silsilasida umuman xatolik yo’q”, deb aytgan (al-Bidaya wa al-nihaya,10.342). Ya’ni, Imom Ahmad ibn Hanal
ham yuqorida qayd etilgan sahoba va boshqa salaf musulmonlar kabi, antropomorfik tarzda noto’g’ri tushunchalar bo’lib qolmasligi uchun matniy ifodalarni ba’zan ma’joziy ta’vil qilganlar.
Ularning bu dalillariga qanday javob beramiz?
Iltimos Alloh uchun savolimni javobsiz qoldirmang.
JAZAKALLOHU XOYRON.