Masbaha (tasbih)ning hukmi
Muallif: Shayx Nosiruddin Al-Alboniy rahimahulloh
Shaix Muhammad Nosiruddin Al-Alboniy rahimahulloh o'zlarining
"Silsilatus Da'ifah" kitoblarida "Subha (tasbih) qanday ham (Allohni) yahshi eslatguvchi " degan mavzu (to'qima) hadisga qilgan taxrijlarida shunday deganlar:
" …so'ngra mening fikrimcha, hadis (nafaqat isnod jihatidan mavzu bo'lib qolmasdan) ma'no jihatidan ham ikkita sababga ko'ra botildur:
Birinchidan: Tasbih – bid'atdur, chunki bu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida bo'lmagan va ulardan so'ng paydo bo'lgan narsadur. Shunday ekan, qanday qilib Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ashoblariga ular bilmagan (ya'ni o'zlaring
davrlarida bo'lmagan) narsaga amal qilishlikka targ'ib qiladilar?! Men zikr qilgan narsaga Ibn Baddohning "
Bid'at va undan qaytarishlik " maqolalaridagi As-Salt ibn Bahromdan bo'lgan rivoyat dalil bo'ladi. Unda (Ibn Bahrom) shunday deydilar:
" Bir kun Ibn Masud radiyallahu anhu masbaha (tasbih) bilan zikr qilayotgan ayolning oldidan o'tdilar va uni (ibn Masud) uzib tashlab, uni otib yubordilar, undan so'ng toshlar bilan tasbih qilayotgan kimsa oldidan o'tganlarida, u kimsani
tepdilarda, unga qarab:
" Sizlar o'zingizni Sahobalardan yaxshiroqman deb o'ylaysizlarmi, yo (o'zingizning nafsingizga bu gunohni qilib) zulm qilgan holda bid'at qilmoqdasizlarmi?! Sizlar Muhammad sallallohu alayhi va sallamning ashoblaridan ilmingiz ortiq deb o'ylaysizlarmi! ", dedilar. Bu asarning sanadi Al-Salt ibn Bahromgacha sahihdur, u (Al-Salt) tobe-tobeinlardan bo'lib, siqoh (ishonchli roviy) durlar.
Ikkinchidan, bu (tasbih) Payg'ambarimiz sallollohu alayhi va sallamning yo'llari (Sunnatlari)ga teskaridur, chunki Abdulloh ibn A'mr radiyallahu anhu shunday deganlar:
"Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni o'ng qo'llari bilan tasbih sanayotganlarini
ko'rdim." [Imom Muslim rivoyati]. Ular (o'sha bid'atga unovchilar)ning ittifoqi bilan zikrni o'ng qo'l barmoqlari bilan sanashlikni afzalligini nazarda tutgan holda (ya'ni ular ham barmoqlar bilan sanashlikni afzalligini tasdiqlashadi, chunki u hadisda sobit narsa), agar tasbihning faqatgina bitta yo'monligi bo'lib, u ham bo'lsa uni (o'sha Sunnatni) yo'qolishligi bo'lganda edi, ana o'shaning o'zi ham (uning bid'atligiga) kifoya bo'lgan
bo'lar edi. Men kishilarning o'ng qo'llari bilan tasbih sanayotganlarini kamdan kam ko'raman!
Bundan tashqari, odamlar bu bida'tni qilishlikda juda ko'p va turli-tuman yo'llarni o'ylab topishgan, shuning uchun ham (ba'zi paytlarda) tariqotlardan biriga ergashganlarni bo'yinglariga masbahani osib olganini ko'rasiz! Yo bo'lmasa, siz bilan suhbatlasha turib yo sizga quloq so'lgan hollarida, (o'zlaricha) tasbihlari bilan zikr qiladilar! Yo bo'lmasam, bunday turini anchadan beri ko'rmadim (ya'ni ba'zida ko'rib qolaman), bir
kimsani odamlar bilan to'la bo'lgan ko'cha ichidan, velosipedini haydagan holida qo'lining birida tasbih ko'tarib (zikr qilib) ketayapdi! Ularni (o'zlaricha) Allohning zikridan hech narsa to'sa olmasligini odamlarga ko'z-ko'z qiladilar, vaholanki ba'zi paytlarda mana shu bid'at ko'plarini ba'zi vojib bo'lgan amallardan qaytarganini ko'rasiz. (Masalan,) menda – va boshqalarda ham - bunday holat bir necha bor bo'lgan, men (o'sha tasbihni qo'llariga osib olib zikr qilayotgan kimsalarning) biriga salom berganimda,
salomimga salomni talaffuz qilmasdan (ya'ni "Va alaykum assalam" deb ovoz bilan qaytarmasdan) faqat imo-ishora qilib javob qaytardi. Bu bida'tning fasodlari sanab bo'lmas darajada ko'pdur. Quyidagi (salaf ulamolari tomonidan aytilgan) matnlar
naqadan chiroylik:
و ُ كلُّ خَيْرٍ فِي اتِّبَاعِ مَنْ سََلفَ
وَ ُ كلُّ شَرٍّ فِي ابْتِدَاعِ مَنْ خََلفَ
" Va har bir yahshilik salaflarga ergashishlikdadur
Va har bir yomonlik, xalaflarning bid'atlaridadur "
[ Shayx Alboniy so'zlarining ohiri]
Bundan tashqari Sunan Daromiyda sahih sanad bilan kelgan Abdulloh ibn Masud radiyallahu anhudan bo'lgan asarda, bunga qo'shimcha bo'ladiga dalil bordur: Amr ibn Yahya radiyallahu anhu aytadilar: Men otamning otalaridan bo'lgan shunday
rivoyatni eshitdim: "Fajr namozidan awwal biz Abdulloh ibn Mas'ud radiyallahu anhu uylari eshigi oldida (ularni kutib) otirar edik, qachon chiqsalar birga masjidga borar edik. (Kunlardan bir kun) Abu Musa Al-Ash'ariy radiyallahu anhu bizlarning oldimizga
keldilar wa : "Abu Abdur-Rahmon sizlarning oldingizga chiqdilami?", deb so'radilar. Biz: "Yo'q", dedik. Shunda biz bilan hatto (Abdulloh ibn Mas'ud uylaridan) chiqqunlaricha birga o'tirdilar. Chiqqanlarida, hammamiz turdik (Masjidga birga borishlik uchun, bu turishlikni ta'zim uchun qilingan deb o'ylanib qolmasligi kerak). (Abu Musa): "Ey Abu Abdur- Rahmon! Men masjidda o'zim yoqtirmagan bir narsani ko'rdim, lekin Allohga hamdlar bo'lsinkim yahshilikdan boshqa narsani ko'rmadim (ya'ni ko'rinishidan yahshi
amalga o'hshaydiku, lekin uni Rasululoh paytlarida ko'rmaganim uchun yoqtirmadim). Ular (Abdulloh ibn Mas'ud): "Nima u?", deb so'radilar. U (Abu Musa jawoban): "Agar yashasangiz o'ziz ko'rasiz (ya'ni masjidga borsangiz o'ziz shohidi bo'lasiz). Masjidda
doira bo'lib namozni kutib o'tirgan bir to'p kishilarni ko'rdim. Ularning har birining qo'lida toshlar bor, har bir qawmdan bir kishi (ularga): "100 marta Allohu Akbar denglar", deyapdida, ular esa 100 marta aytishyapdi, keyin "100 marta La ilaha illa Alloh
denglar", deyaptida, ular 100 marta "La ilaha illa Alloh" aytishyapdi. Keyin: "100 marta SubhanaAlloh denglar", deyaptida ular 100 marta "SubhanaAlloh" deyishaydi. Shunda (Abdulloh ibn Mas'ud): "Ularga gunohlari sanashlikni buyurmadingizmi wa
hasanotlaridan (agar qilsalar) birontasi ham bekor bo'lmasligini ularga wa'da bermadingizmi !?", dedilar. Keyin u bilan birga o'sha halaqalardan birining oldigacha bordik wa ularning ustida turdilarda wa: "Men ko'rib turgan sizlarning bu o'ylab chiqargan narsanglar nima?", deb ulardan so'radilar. Ular: "Ey Abu Abdur-Rahmon! Biz bu amalimiz bilan Takbir ("Allohu Akbar" deyishlik), Tahlil ("La ilaha illa Alloh" deyishlik), Tasbih ("SubhanaAlloh") wa Tahmid ("Alhamdulillah" deyishlik) sanamoqdamiz?", deyishdi. Shunda (Abdulloh ibn Mas'ud): "
(undan ko'ra) gunohlaringizni sanamaysizlarmi?! Men sizlarga kafillik qilamanki, (agar qilsangizlar)
hasanotlaringizdan birontasini ham bekor bo'lmaydi. Ey ummati Muhammad holingga woy bo'lsin, shunchalik ham tez halok bo'lasizlarmi-a (ya'ni shunchalik ham tez Bid'atlarga kirib ketasizlarmi) !! Uning (Rasulullohning) ashoblari bor bo'lsa, wa bu
kiyimlari (ya'ni Rasululohning wafotlaridan keyin qolgan kiyimlari) chirimagan bo'lsa, idishlari hali sinmagan bo'lsa! Nafsim qo'lida bo'lgan Zotga qasam ichib aytamanki, sizlar Muhammad sallallohu alayhi wa sallam millatidan ko'ra hidoyatliroq millatsizlar, yo
bo'lmasam Zalolat eshigini ochib beryapsizlar (ya'ni Bid'atligida shakshubhasi yo'q bo'lgan bir Zalolatni o'ylab topyapsizlar) !!", deb jawob berdilar. Ular: "Ey Abu Abdur- Rahmon, Allohga qasamki, bundan (bu qilayotgan amallarimizdan) faqat yahshilikni niyyat qilyapmiz !", deyishdi. Shunda (Ibn Mas'ud): "
Qanchadan qanchalar (bir amalni qilayotganda) yahshilikni ko'zlaydilarda, unga yetisha olmaydilar, Rasulloh sallallohu
alayhi wa sallam aytdilarki: "Shunday qavmlar bo'ladiki, Qur'onni o'qishadi, lekin u (ya'ni tilowatlari) bo'g'izlaridan tepaga chiqmaydi (ya'ni sawob olishmaydi)". Allohga qasamki, ularning ko'pi sizlardan bo'ladimi yo yo'qmi", dedilarda ularni tark qildilar. Amr ibn Salama radiyallahu anhu dedilar: "Biz ularning ko'pchiligini
Khawarijlar bilan birgalikda Nahrowan kunida bizlarga (Sahobalarga) qarshi jang qilayotganlarini ko'rdik".
[Imom Ad-Darimining ”Sunan" laridagi rivoyat 1/79, Sahih]
Shunday ekan, tasbih - Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida va sahobalar davrlarida bo'lmagan va ulardan so'ng ba'zi musulmonlar tomonidan o'ylab topilgan bid'at amalidur. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida bo'lmagan ibodat bilan Allohga yaqin qilishlik bu bid'atdur va barcha bid'at Zalolatdur.
Oisha onamiz radiyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday degan ekanlar:
"
Kimda kim bizning dinimizda bo'lmagan narsani o'ylab topsa, u (amal) mardurdur (ya'ni o'z o'zidan bekor amaldur) " [
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari]
Va Imom Muslimdagi boshqa hadisda esa:
"Kimda kim bizning dinimizda bo'lmagan amalni qilsa, u (amal) mardud amaldur"[Oisha onamiz radiyallahu anhodan rivoyat qilingan hadis]
Jobir radiyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday degan ekanlar:
" Darhaqiqat, eng to'gri so'z Allohning Kalomidur, va eng afzal hidoyat yo'li Rasulullohning yo'lidur, va eng yomon ishlar (dinda) to'qib chiqarilgan amallardur, va har bir (dinda, Allohga yaqinlik qilaman deb) to'qib chiqarilgan amal bida'tdur, va har bir bid'at zalolatdur" [Imom Muslim rivoyati]
Rasulullohga va uning ahl-oilalariga, Ashoblariga va ularga yahshilik bilan ergashganlarga Allohning salovoti bo'lsin.