(10-05-2012, 04:17 PM)beruni2008 Wrote: Ассаламу алейкум ва рахматуллахи ва баракатух!
Wa aleikum assalam wa rahmatuLlahi wa barakatuhu!
Quote:1) Шофеъий мазхабида номахрамларга бирор аъзолари тегиб кетса тахоратлари синмадими? бу хукм хакикатдан хам Шофеъий мазхабида бор ми ва далилини келтирсангизлар, ёки мазхабдаги бидъат амаллардан ми?
Imam ash-Shafi’iy, rahimahuLlahning mazhabi bo’yicha ayolga tegish, u shahvoniy tuyg’u bilan yoki unday tuyg’usiz, atayin yoki to’satdan bo’lishidan qatiy nazar tahorat buzuladi. Mazkur fikrni imom ash-Shafi’iy quyidagi oyat bilan isbotlaidilar:
“Va agar kasal yoki safarda bo’lsangizlar, yoki birontangiz hojat chiqarishdan kelgan bo’lsa va yoki ayollarga teggan bo’lsangizda(lamastum) va suv topa olmasangiz, toza tuproq bilan tayammum qilingiz va yuz va qo’llaringizni artingizlar.” 4:43
Aslida oyatda ishlatilgan arabcha
“lams”(tegish,teginish) so’zi qo’l bilan teginish ma’nosini beradi.
Ba’zi hadislarda “lams” so’zi aynan qol bilan teginish ma’nosida keladi.
Masalan, RasuluLloh sallaLlahu aleihi wasallamning, zino qildim deb hisoblagan va Payg’ambar, sallaLlahu aleihi wasallamga buni aytib bergan Ma’iz ismli sahobaga aytgan so’zlari:
“Balki sen uni faqat opgansan va qo’ling bilan tekkansan(lamasa)." Qarang “Musnad imam Ahmad” 2130
Yoki Payg’ambar, sallaLlahu aleihi wasallamning:
“Qo’lning zinosi teginish(lams)dir.” degan so’zlari.
Qarang “Musnad imam Ahmad” 8392. Sheix al-Albaniy hadis sahihligini “Silsila as-Sahiha” 8204 da tasdiqladilar.
Bu hadislar mazkur aynan shu misollarda
“lams”(teginish) yoki
“mass”(tegish) so’zlari qo’l bilan tegish degan ma’noda kelganini hech kim inkor qilmaydi. Lekin aytib o’tilgan oyatda ishlatilgan
“lams” so’zi nima ma’noda kelishi, qo’l bilan tegib ketishmi yoki jismoniy aloqami degan joyda ixtilof bor. Aytib o'tish kerakki teginish deganda aslida halol bo'lgan turmush o'rtog'lariga teginish nazarda tutilgan, chunki begona nomahram ayollarga teginishning o'zi haromdir.