ELLIK YETTINCHI HADIS
عن أبي هريرة رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : أثقل صلاة على المنافقين : صلاة العشاء وصلاة الفجر ، ولو يعلمون ما فيهما لأتوهما ولو حبوا ، ولقد هممت أن آمر بالصلاة فتُقام ، ثم آمر رجلا فيصلي بالناس ، ثم أنطلق في رجال معهم حزم من حطب إلى قوم لا يشهدون الصلاة فأحرق عليهم بيوتهم بالنار
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
“Munofiqlar uchun eng og’ir bo’lgan namoz – hufton va bomdod namozlaridir. Agar bu namozlarda qanday savoblar borligini bilganlarida edi, emaklab bo’lsa ham kelgan bo’lardilar. Men namoz o’qishga buyurishni qasd qilsam va jamoat qoim bo’lsa. So’ngra bir kishiga buyursam, u odamlar bilan imom bo’lib namoz o’qisa. So’ngra men to’p-to’p o’tinlari bor kishilar bilan jamoat namoziga kelmagan odamlarning oldiga borib, ularning uylarini yoqib yuborardim.” (Buxoriy-657, Muslim-651)
Hadisning umumiy ma’nosi.
Munofiqlar ibodatlarni insonlarni oldida riyo bilan amalga oshirganlari uchun va Allohni juda kam zikr qilganlari uchun hufton va bomdod namozlarini qusurli ado etayotganlarini topamiz. Chunki bu ikki namoz qorong’ulikda ado qilinadi. (U davrlarda masjidlarda chiroqlar bo’lmagan.)
Munofiqlar namozni odamlar uchun o’qiydilar, bu vaqtda esa odamlar ularni ko’rmaydilar. Bu ikki namoz dam olinadigan vaqtga, uyquning lazzatini totadigan vaqtga to’g’ri kelgani uchun, munofiqlar uni jamoat bilan ado qilishga tirishmaydilar. Bu namozlarni jamoat bilan ado qilishga faqatgina qalbida Alloh taologa bo’lgan iymon chaqirig’i undagan va oxirat savobini umid qilgan kishigina beparvolik qilmaydi.
Holat yuqorida aytilganidek ekan, bu ikki namoz munofiqlar uchun eng og’ir va mashaqqatlidir.
Agar odamlar bu namozlarni musulmonlar jamoatida va masjidda ado qilishlikda qanday ajru-savoblar borligini bilishganida edi, ular chaqaloqning emaklashi kabi emaklab bo’lsa ham jamoatga kelgan bo’lardilar.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam qasam ichib namozlarni jamoat bilan ado qilmaydigan muxoliflarni, dangasalarni jazolashga qasd qilganliklarini aytdilar. Namozga buyursalar va jamoat qoim bo’lsa, so’ngra bir kishiga buyurib, o’rnilariga imomlik qilsa, o’zlari to’p-to’p o’tinlari bor odamlar bilan namozga hozir bo’lmaganlarni oldiga borib, ularni uylarini yoqib yuborsalar. Bu jamoat namoziga kelmaganlarining gunohi kattaligidan. Hadisning ba’zi rivoyatlarida kelganidek, agar uylarda ayollar va gunohsiz pokiza bolalar bo’lmaganida edi, (bu uylarni yoqib yuborsam edi, dedilar.)
Ulamolarning ixtilofi.
Ulamolar jamoat namozining hukmi haqida ixtilof qilishdi, Hanafiylardan, Molikiylardan va Shofe’ilardan bir guruh olimlar: Bu sunnati muakkada, deyishdi. Shu mazhablardagi boshqa ba’zi ulamolar buni: Farzi kifoya, deyishdi. Odmalarning bir gruhu uni qoim qilishsa, boshqalardan soqit bo’ladi.
Imom Ahmad va u kishiga ergashganlar, shuningdek ahli hadislar jamoat namozi har bir kishi uchun farzi ‘ayn, deyishdi.
Zohiriylar shu hukmgacha keldilarki, jamozt namozi namozning qabul bo’lish shartlaridan, deb aytishdi. Abul Vafo ibn Aqiyl al-Hanbaliy ham shu fikrda bo’lganlar.
(Ibn Taymiyyaning fikrlari esa jamoat namozi safarda ham, safarda bo’lmaganda ham vojib va u namozning qabul bo’lish shartlaridan emas.)
Bu mazhablarning dalillari.
Sunnat deydiganlarning dalillari ushbu hadis:
“Jamoat bilan ado qilingan namozning savobi yolg’iz ado qilingan namozning savobidan yigirma yeti daraja afzaldir.” (Buxoriy-645, Muslim-650)
Ularning dalil o’rinlari: Jamoat bilan ado qilingan namoz bilan, yolg’iz ado qilingan namoz bu hadisda afzallikda mushtarak. (Ya’ni bu hadisda ikkisida ham fazilat borligi aytildi, yolg’iz o’qilgan namozga bitta fazilat, jamoat bilan o’qilgan namozga yigirma yettita fazilat.)
Bu bobdagi boshqa hadislarni e’tobordan uzoq bo’lgan ta’villar bilan ta’vil qilishdi. Bu haqida “Fathul Bariy”, “Naylul Avtor” va boshqa kitoblarda keltirilgan.
Farzi kifoya deydiganlarni dalillari esa farzi ‘ayn deydiganlarni dalillari bilan aynidir. Buning sababi, farzi kifoyani tark qilganga urush e’lon qilishlik shariatda borligidan. (Ya’ni: farzi kifoya deydiganlar biz o’rganayotgan hadisni, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam urush e’lon qilganlarini farzi kifoya, deb tushunsak bo’ladi deyishdi. Chunki boshqa hadislarda ham farzi kifoya amalni tark qilganlarga urush e’lon qilinganini xabari bor. Urush e’lon qilish faqatgina farzi ‘aynga emas, balki farzi kifoyaga ham bo’lishi mumkin.)
Ammo bu to’g’ri dalil keltirish emas, chunki Rosululloh sollallohu alayhi vasallam ularni o’ldirishni qasd qildilar, o’ldirish esa urushish, yoki urush e’lon qilish kabi emas.
Agar farzi kifoya bo’lganida edi, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam va u kishi bilan birga bo’lganlar bilan namoz o’qimaganlardan jamoat namozinig vojibligi soqit bo’lardi. Shunda vojibni tark qilmasalar ham jazoga loyiq bo’lib qolgan bo’lardilar.
Ammo jamoat namozi har bir kishiga farzi ‘ayn deydiganlarning dalillari sahih va ochiqdir.
Shu dalillardan biz o’rganayotgan Abu Hurayraning hadislari. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam faqatgina katta gunohlarni qilganlarnigina azobga duchor bo’lishini maqsad qilardilar.
Yana, ko’zi a’mo (ko’zi ojiz) kishining hadisida Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan yo’lning mushkulligidan va yo’lboshchi yo’qligidan namozni uyida ado qilishga ruxsat berishlarini soraydi. Unga ruxsat bermaydilar.
Yana daillardan, eng shiddatli holatlarda ham namozni jamoat bilan ado qilishga shariat ko’rsatma bergan, bunday holat urushdadir.
Yana bundan boshqa ta’vilga o’rin qoldirmaydigan ochiq dalillar ham bor.
Fazilat haqidagi hadisga kelsak, bunda vojib emasligiga dalil yo’qdir. Chunki biz namoz jamoztsiz qabul bo’lmaydi demaymiz. Ammo aytamiz: Namoz qabul bo’ladi, savobi noqis bo’ladi, biror uzuri bo’lmagani uchun jamoatni tark qilgani uchun gunohkor bo’ladi.
Ammo bu masalada chuqur ketganlar esa, ular jamoat - namozning shartlaridan (jamoatsiz namoz maqbul bo’lmaydi), deydiganlar Ibn Mojja va Daroqutniy rivoyat qilishgan hadisni keltirishadi, Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi:
“Kim azonni eshitsa va kelmasa, agar uzuri bo’lmasa unga namoz yo’qdir.”(Ibn Mojja-793)
Bu hadisning sanadi haqida to’g’riroq so’z shuki: Bu hadis mavquf marfu’ emas. (Ya’ni bu so’zlar Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga tegishli emas, sahobiyning so’zlaridir.) Ulamolar hadisning ba’zi roviylari ishonchli emasligi haqida aytib o’tishgan.
Agarchi bu hadisni sahih deb faraz qilsak ham, namozni masjidda ado qilganda mukammal bo’lishi haqida, deb ta’vil qilsak bo’ladi. Chunki shunda bundan ko’ra sahihroq bo’lgan hadislarga muvofiq bo’ladi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning tillaridan aytilgan bunday hukmlar ko’pdir, biror narsani qabul bo’lmasligini aytib, uni savobi mukammal bo’lmasligini qasd qiladilar.
Ushbu hadis:
“Jamoat bilan ado qilingan namozning savobi yolg’iz ado qilingan namozning savobidan yigirma yeti daraja afzaldir.” (Buxoriy-645, Muslim-650) Ushbu hadis yo’lg’iz o’qilgan namozni qabul bo’lishiga ochiq dalildir, chunki Rosululloh unga bir bo’lak savob borligini xabar berdilar.
Ibn Qoyyim “Namoz” kitoblarida ulamolarning mazhablari va ularning dalillari haqida gapirganlaridan keyin, aytdilar: "Kimki sunnatni yaxshilab tafakkur qilsa, namozni masjidlarda ado qilish har bir insonga farzi ‘ayn ekanligi unga ma’lum bo’ladi, faqatgina Juma namozini va jamoat namozini tark qilish mumkin bo’lgan holatlar bundan mustasno. Shu bilan hamma hadislar va asarlar bir-biriga muvofiq bo’ladi… Allohga biz e’tiqod qilgan din shuki uzursiz biror insonga masjiddagi jamoat namozini tark qilish joiz bo’lmaydi." (Uzurga yomg’ir, taom hozir bo’lishi va shunga o’xshagan holatlar kiradi.)
Hadisdan olinadigan foydalar.
1. Jamoat namozi balog’atga yetgan erkaklar uchun farzi ‘ayndir.
2. Kim jamoat namozini uzursiz tark qilsa jazoga loyiqdir.
3. Zararlarni daf qilish foydalarni jalb qilishdan muqaddamdir. Ularni bu yo’l bilan azoblashdan to’sgan narsa azobga loyiq bo’lmaganlarni azobga duchor qilish bo’lgan qo’rquv. (Namozga kelmaganlarni uyini yoqishdan to’sgan narsa, ayollar va begunoh bolalarni azobga qo’yishlik qo’rquvi.)
4. Munofiqlar ibodatlari bilan faqatgina riyo va sum’ani qasd qildilar. Chunki ular faqatgina odamlar ularni ko’rayotganlarida jamoat namozlariga keladilar.
5. Bommdod va hufton namozlarining fazilati ulkandir.
6. Hadisdagi bomdod va hufton namozlarining og’irligini sababi ularni jamoat bilan ado qilishda, deb tushuniladi. Bunga hadisning siyoqi (oqimi) dalolat qiladi. Bu namozlardan chalg’itadigan omillarning kuchliligidan va bu namozlarda jamoatga hozir bo’lishdan to’sadigan sabablarning quvvatidan bu namozlar og’ir bo’ldi.